ENERGIYA TEJAMKORLIK VA SAMARADORLIK

ENERGIYA TEJAMKORLIK VA SAMARADORLIK

ENERGIYA TEJAMKORLIK VA SAMARADORLIK

    Qarshi davlat texnika universitetida “Energo Control Lab” energiya audit markazi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

    Image

    Markazning asosiy maqsadi energiya tejamkorligi va energiya samaradorligini oshirish sohalari boʻyicha ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarga amaliy yordam va xizmatlar koʻrsatish, mutaxassislarining malakalarini oshirishdan iborat. Bu yerda iqtisodiyotning energetika, gaz-kimyo va kon-metallurgiya sohalari uchun kadrlar tayyorlanmoqda. Energiya auditorlar va energiya servis xizmatlariga doir korxonalar mutaxassislarining malakasi oshirilmoqda.

    Image

    Bugungi kunda markaz tomonidan Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlari hududlarida energiya isteʼmolchilari bilan tuzilgan 40 ga yaqin shartnoma asosida audit xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda. Buning natijasida dastlabki audit xulosalari asosida 150 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi va issiqlik nasoslari isteʼmolchilarga oʻrnatib berildi. Amaliy seminar-treninglar tashkil etilib kelinmoqda.

    Image

    Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida bino-inshootlar va sanoat korxonalari energiya auditi yoʻnalishlari boʻyicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etilib, 30 ga yaqin bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi.

    Image

    Xulosa qilib aytganda, “Energo Control Lab” energiya audit markazi hududlarda energiya samaradorligini oshirish va tejamkorlikni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Markaz tomonidan korxona va tashkilotlarga amaliy xizmatlar koʻrsatilib, zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalar joriy etilmoqda. Shu bilan birga, sohada yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va ularning bilim-koʻnikmalarini oshirish ishlari tizimli ravishda yoʻlga qoʻyilgan. Bu esa mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarida energiya resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qilmoqda.