INKLYUZIV TAʼLIM VA IMKONIYAT

INKLYUZIV TAʼLIM VA IMKONIYAT

INKLYUZIV TAʼLIM VA IMKONIYAT

    Qarshi davlat texnika universitetida inklyuziv taʼlimni rivojlantirish, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

    Image

    Bugun Inson huquqlari boʻyicha vakil (Ombudsman)ning viloyatdagi vakili L.Saodatova, Nogironlar assotsiatsiyasi viloyat boʻlimi boshligʻi N.Bozorova, nogironlar jamiyati Qarshi shahar boʻlinmasi raisi N.Aliqulov, ijtimoiy inspeksiya viloyat boshqarmasi shuʼba mudiri A.Azizovdan iborat ishchi guruh tomonidan universitetimizda bu borada amalga oshirilgan ishlar oʻrganildi.

    Image

    Oʻrganish jarayonida taʼlim olishda alohida ehtiyojlari boʻlgan talabalar uchun universitetda yaratilgan imkoniyatlar, binolar va oʻquv xonalarining ularga moslashtirilganligi, harakatlanish uchun qulay sharoitlar hamda zarur infratuzilmaning holati koʻzdan kechirildi.

    Image

    Universitet rahbariyati va masʼullar ishtirokida inklyuziv taʼlimni yanada rivojlantirish, mavjud shart-sharoitlarni takomillashtirish va talabalar uchun qulay taʼlim muhitini shakllantirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.