LITSEY BITIRUVCHILARI XORIJDA O‘QIYDI

LITSEY BITIRUVCHILARI XORIJDA O‘QIYDI

LITSEY BITIRUVCHILARI XORIJDA O‘QIYDI

    QarDTU “Nuriston” akademik litseyida “Yangi O‘zbekistonning baxtli yoshlari, bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Tantanali marosimda universitet birinchi prorektori A.Murtazayev bitiruvchilarga samimiy tilaklar bildirib, akademik litseyni a’lo baholar bilan tugatgan 10 nafar o‘quvchiga “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasi hamda sertifikatlarni, shuningdek 2 nafar bitiruvchiga “Oltin medal” hamda 57 nafar bitiruvchilarga “A’lo darajali” diplomlarini topshirdi.

    Tadbir davomida 2024/2025-o‘quv yilida namunali faoliyat olib borgan akademik litsey o‘qituvchilari rektor tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

    Shuningdek, a’lo o‘qishlari, namunali xulqi va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining diagnostik test sinovlarida yuqori natijalarni ko'rsatgan, chet tillarni bilish darajasi bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichlarga ega bo‘lgan bitiruvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

    Ma’lumot o‘rnida: 2024-2025 o‘quv yili davomida akademik litseyni 279 nafar o‘quvchi muvaffaqiyatli tamomlamoqda. Ulardan 21 nafari xalqaro nufuzli oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin talabalikka tavsiya qilindi.

    Xalqaro va milliy sertifikat olgan o‘quvchilarimizning salmog‘i ham oshib bormoqda. 12 nafar bitiruvchi xalqaro SAT sertifikati, 141 nafar bitiruvchi chet tilini bilish bo‘yicha xalqaro va milliy sertifikat egasi bo‘ldi. 202 nafar bitiruvchi esa umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi.