“Biznes va boshqaruv” kafedrasi professori Alibek Eshev ayni paytda xizmat safari bilan Vengriyaning Kadolany Yanos universitetida boʻlib turibdi.
Alibek Eshev Erasmus+ ICM KA171 loyihasi asosida oʻqish va maʼruza berish boʻyicha oʻquv kursida ishtirok etmoqda. U dastlab Vengriya oliy taʼlim muassasalari masʼullari bilan hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib bordi. Natijada Erasmus dasturlarini rivojlantirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Mazkur kelishuvlarga koʻra, Qarshi davlat texnika universitetining professor-oʻqituvchilari Erasmus dasturi hisobidan Vengriyadagi universitetlarda malaka oshiradilar, talabalar esa bir semestr davomida oʻqish imkoniyatiga ega boʻladilar, bir haftalik seminarda ishtirok etadilar. Vengriyalik olimlar 2026-yil may oyida QarDTUda talabalarga saboq beradilar. Bundan tashqari, Erasmus+ CBHE loyihasi doirasida Polsha va Ruminiyadagi hamkor universitetlar bilan ham ZOOM dasturi orqali muloqotlar oʻtkazildi.
.jpg)
Alibek Eshev Budapeshtdagi Metropoliten universitetining xalqaro loyihalar boʻyicha bosh koordinatori, doktor Fatima Vayninger Xolloshi bilan ham uchrashib, hamkorlik shartnomasi boʻyicha muzokaralar olib bordi.