Energetika muhandisligi fakulteti

Energetika muhandisligi fakulteti

Energetika muhandisligi fakulteti

Fakultet joylashgan manzil: Qarshi shahri, Xonobot ko'chasi, 34-uy.

Image

Dekan

F.I.O: YAXSHIBOYEV SHUXRAT KOMILOVICH
Telefon: +998 91 560 97 79 Email: shuxratbekyaxshiboyev@rambler.ru
Image

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari

F.I.O: XAZRATKULOV BAHODIR MAMATKULOVICH
Telefon: +998 90 440 47 15 Email: bahodir4715@gmail.com
Image

O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari

F.I.O: RASHIDOV AZAMAT SATTOROVICH
Telefon: +998 90 929 77 79 Email: azamatjon0808@gmail.com

Fakultet haqida umumiy ma'lumot

1995 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti va Toshkent politexnika institutining Qarshi filiallari negizida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti tashkil etilgandan so'ng "Muhandis texnika" fakulteti tashkil etildi. 2013 yil avgust oyida institutda fakultet va kafedralarning yangi tashkiliy tuzilmasiga o'tilishi munosabati bilan "Energetika" fakultetiga aylantirildi. Prezidentimizning 10.12.2024 yildagi PQ-428 sonli qarorlariga asosan Qashqadaryo viloyatidagi 4 ta oliy ta'lim muassasalari negizida yangi Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etildi va universitetda "Energetika" fakulteti "Energetika muhandisligi" fakultetiga o'zgartirildi.

5

Kafedra

3237

Talaba (jami)

2829

O'g'il bolalar

135

Professor-o'qituvchilar

Fakultet tarkibidagi kafedralar

Energetika muhandisligi fakulteti tarkibida 5 ta kafedra faoliyat olib bormoqda:

  • Elektr ta'minoti va intellektual energetik tizimlar
  • Energetika muhandisligi
  • Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
  • Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish
  • Oliy matematika

Ta'lim yo'nalishlari

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari:
• 60710400 — Energetika muhandisligi
• 60710500 — Elektr muhandisligi
• 60710900 — Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish
• 61020200 — Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (Sanoatda)
Magistratura mutaxassisliklari:
• 70710503 — Sanoat issiqlik energetikasi
• 70710401 — Energiya tejamkorligi va EA
• 70710409 — Elektr energetikasi tizimlari va tarmoqlari
• 70710501 — Elektr mexanikasi
• 70710901 — Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
• 70710407 — Elektr ta'minoti
• 70710411 — Muqobil energiya manbalari
• 71020201 — Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi

Talabalar tarkibi (2025 yil holati)

Fakultetda bakalavriat ta'lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar kontingenti 2025 yil holatiga ko'ra 3237 nafarni tashkil etgan, jumladan 2829 nafari o'g'il bolalar va 408 nafari xotin-qiz talabalar. Fakultetda 2024–2025 o'quv yilida asosiy va ichki o'rindoshlik shtatda ilmiy-pedagogik faoliyat olib borgan professor-o'qituvchilar soni 135 nafarni tashkil etadi.