| Ma'lumot | |
|---|---|
![]() |
Qarshi davlat texnika universiteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi ISHANKULOVA GAVXAR NORKULOVNA Telefon: +99897 519 90 83 e-mail:ishankulovagavxar@gmail.com Bosh bino: 329-xona |
![]() |
“Ijtimoiy va gumanitar fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisiShapsanova Nodira Berdiqulovna |
![]() |
Qarshi davlat texnika universiteti Transport va qurilish muhandisligi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi. Siddiqova Saodat To’raqulovna
|
![]() |
Qarshi davlat texnika universiteti Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi. Alimova Munisa Yulchiyevna |
![]() |
Qarshi davlat texnika universiteti Energetika muhandisligi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi. Istatova Nigora Shamsidinovna |
![]() |
Qarshi davlat texnika universiteti
"Nef-gaz ishi va ularni qayta ishlash texnologiyasi" kafedra dotsenti,Nef-gaz va geologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi. Azizova Dilorom G'ayratovna |
![]() |
“Melioratsiya va yer kadastri” kafedra assistenti Irrigatsiya muhandisligi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Meyliyeva Shoxista Rustamovna |
![]() |
“Kompyuter tizimlarining dasturiy va texnik ta’minoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Ulasheva Shaxlo Tagayevna
|
![]() |
Qarshi davlat texnika universiteti “Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha” psixolog Turdiqulova Dilorom Xudaynozorovna
|
![]() |
Qarshi davlat texnika universiteti psixologi Axmedova Dilfuza G‘ulomovna |
QARSHI DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
XOTIN-QIZLAR KENGASHINING FAOLIYATI
Qarshi davlat texnika universitetining xotin-qizlar kengashi faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etilgan:
Asosiy vazifalar
- Talaba-qizlarning axloqiy-estetik madaniyatini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish.
- Talaba-qizlar turar joylaridagi xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish hamda to‘garak-klub faoliyatini rag‘batlantirish.
- Faol xotin-qizlar (pedagog-xodimlar), talaba-qizlar va xotin-qiz xodimlar o‘rtasida muammolarni aniqlash, yordamga muhtoj xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan ayollar uchun manzilli ro‘yxatlarni tuzish va ijtimoiy-huquqiy, psixologik, moddiy yordam ko‘rsatish.
- Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini aniqlash bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazish, natijalarni tahlil qilish.
- Talaba-qizlarda siyosiy madaniyat asoslarini shakllantirish, siyosiy ongni oshirish, davlat ramzlariga hurmatni kuchaytirish.
Amalga oshirish usullari
- “Qizlarjon”, “Lider qizlar” kabi klublar tashkil etilib, talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ijtimoiy-faol bo‘lishi uchun platforma yaratilgan.
- Talaba-qizlarning turar joyidagi shart-sharoitlari ko‘zdan kechiriladi, ijarada yashovchi talaba-qizlar bilan intervyu, nazorat ishlari olib boriladi.
- Fakultet va kafedralarda xotin-qizlar kengashlari, dekan maslahatchilari orqali ichki tizimlarni yo‘lga qo‘yish.
Ayollar huquq va manfaatlarini himoya qilish
- Xotin-qizlarning mehnat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, mulk va siyosiy ishtirok huquqlarini ta’minlashga ko‘maklashadi.
- Zo‘ravonlikka uchragan ayollarga huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yadi.
Oilani mustahkamlash va ma’naviy-axloqiy tarbiya
- Mustahkam oila, sog‘lom turmush tarzi va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiladi.
- Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, onalik va bolalikni himoya qilish masalalariga e’tibor qaratadi.
Ijtimoiy-siyosiy faollikni oshirish
- Ayollarning davlat va jamoat boshqaruvida faol ishtirok etishini ta’minlaydi.
- Mahalliy va respublika darajasida ayollar yetakchiligini rivojlantirish bo‘yicha treninglar o‘tkazadi.
Madaniy-ma’rifiy ishlar
- Ayollar o‘rtasida kitobxonlik, san’at, sport va milliy bayramlarga bag‘ishlangan tadbirlarni tashkil etadi.
- Ijtimoiy tarmoqlarda ayollar obrazini ijobiy tarzda targ‘ib qiladi.
Mahalliy darajadagi faoliyat
- Mahalla, korxona yoki ta’lim muassasalarida xotin-qizlar qo‘mitalari orqali joylardagi muammolarni hal etishga ko‘maklashadi.
- Nogironligi bo‘lgan yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga yordam beradi.
Qarshi davlat texnika universiteti muhitida gender tenglikni ta’minlashning
asosiy yo‘nalishlari va amaliy jihatlari
Ta’lim va ilmiy faoliyatda teng imkoniyatlar
- Qizlar va o‘g‘il bolalarga bir xil sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini ta’minlangan.
- Qizlarni texnik, muhandislik, IT kabi an’anaviy “erkaklar sohasi” sanalgan yo‘nalishlarga rag‘batlantirib boriladi.
- Ayol ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilarning karyera o‘sishini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy loyihalarda ularning ishtirokini kengaytirish uchun “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi”, “Innowoomenwiik” haftaliklari o‘tkazib boriladi.
- Gender tenglik siyosati va boshqaruv tizimi
- Universitetda Gender tenglik komissiyasi faoliyat yuritadi.
- Har qanday gender diskriminatsiyasi, kamsitish, zo‘ravonlik yoki tazyiq holatlarining oldini olish uchun maxsus tartiblar (appeals, ishonch qutilari, “ishonch telefoni”) mavjud.
- Kadrlar siyosatida erkak va ayol nomzodlarga teng mezonlar asosida baho beriladi.
- Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar
- “Gender tenglik madaniyati”ni shakllantirishga qaratilgan seminar, trening, davra suhbatlari o‘tkaziladi.
- Xotin-qizlar kengashi, yoshlar ittifoqi va psixologik markazlar bilan hamkorlikda ayollar va erkaklar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, hamkorlikni targ‘ib qiluvchi tadbirlar tashkil etiladi
- Zo‘ravonlik va tazyiqqa qarshi chora-tadbirlar
- Talaba-qizlar va ayol xodimlar uchun ishonchli murojaat tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
- Universitet psixologi, yuridik maslahat markazi va xotin-qizlar kengashi orqali psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatiladi.
- “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish” bo‘yicha profilaktik o‘quvlar va kampaniyalar o‘tkaziladi.









