Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi delegatsiyaning Germaniyadagi safari davom etmoqda.

Tashrif doirasida Haydelberg universiteti klinikasida Haydelberg–Manhaym universiteti klinikalari tarmogʻining bosh direktori professor, doktor Hanns-Peter Knaebel bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda taʼlim va tibbiyot sohalarida talabalar almashinuvi, tibbiy kadrlar malakasini oshirish hamda sogʻliqni saqlash tizimida zamonaviy va ilgʻor hamkorlik mexanizmlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot yakunida har ikki tomon uchun ham manfaatli takliflar maʼqullandi, bitimlar imzolandi.

Xabaringiz bor, (https://kstu.uz/uz/news/hamkorlik-muhim-imkoniyat) mazkur tadbirlarda Qarshi davlat texnika universiteti rektori Sherzod Neʼmatov ham ishtirok etmoqda.