III. Universitetning talabalari, tinglovchilari va izlanuvchilari
|
a) Talabalar
|
|
12
|
Talabalar qabuli
Universitetga talabalarni qabul qilish kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko'ra toʻplangan ballarning reyting tizimi bo'yicha amalga oshiriladi.
Qabul barcha uchun teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshiriladi. Xorijiy fuqarolarni qabul qilish amaldagi qonunchilikka muvofiq tashkil etiladi.
|
|
|
13
|
Talabalar huquqlari
|
1
|
Fan, texnika, zamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti va yutuqlariga mos bilim olish |
|
|
2
|
Axborot resurs markazida kitoblar, davriy nashrlar, elektron ta'lim vositalaridan belgilangan tartibda bepul foydalanish |
|
|
3
|
Bepul maslahatlar va tavsiyalar olish |
|
|
4
|
Auditoriyalar, ta'lim jarayoniga oid vositalardan o'rnatilgan tartibda bepul foydalanish |
|
|
5
|
Ta'lim jarayoni samaradorligi yuzasidan takliflarini bildirish va ko'rib chiqilishini talab qilish |
|
|
6
|
Universitet va fakultet miqyosida o'tkaziladigan ommaviy tadbirlarda ishtirok etish |
|
|
7
|
Ilmiy tadqiqot ishlarining barcha turlarida, ilmiy konferensiyalar, simpoziumlarda ishtirok etish |
|
|
8
|
Universitetda qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga a'zo bo'lish va ular ishida qatnashish |
|
|
9
|
O'qishdan bo'sh vaqtlarda mehnat qonunchiligiga muvofiq ishlash |
|
|
10
|
Yetakchi xorijiy ta'lim muassasalarida akademik almashinuvda ishtirok etish |
|
|
|
|
14
|
Talabalar majburiyatlari
|
1
|
O'quv reja va dasturlar talablarini belgilangan muddatlarda bajarish hamda bilimlarni egallash |
|
|
2
|
Mazkur Ustav, Universitet ichki tartib-qoidalari, Odob-axloq kodeksi va korrupsiyaga qarshi kurashish dasturiga rioya etish |
|
|
3
|
Universitet binolari va uning boshqa mol-mulkini asrab-avaylash, to'lov-kontrakt majburiyatlarini o'z vaqtida bajarish |
|
|
4
|
Puxta bilim olish, o'z kasbiy salohiyatini rivojlantirish, Vatanga halol xizmat qilishga tayyor yuqori bilimli mutaxassis bo'lib yetishish |
|
|
5
|
Jamiyatning axloqiy tamoyillariga, ma'naviy qadriyatlariga va qonun talablariga qat'iy amal qilish |
|
|
6
|
O'quv mashg'ulotlarini uzrli sababsiz qoldirmaslik, darslarga kech qolib kelmaslik |
|
|
7
|
Tegishli kafedra va fakultet bilan mustahkam aloqada bo'lish, fakultet rahbariyatining qonuniy topshiriqlarini o'z vaqtida bajarish |
|
|
8
|
Sanitariya qoidalariga rioya qilish, alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi va isteʼmol qilinishiga yo'l qo'ymaslik |
|
|
9
|
Kiyinish madaniyatiga rioya qilish, axloq-odob normalariga so'zsiz bo'ysunish |
|
|
|
|
|
15
|
Universitet hududida taqiqlanadi
| ✕ Alkogol va tamaki mahsulotlarini tarqatish va isteʼmol qilish |
✕ Milliy, irqiy, diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targʻib qilish |
✕ Universitet binolari va hududidagi moddiy-texnik, boshqa mol-mulkka zarar yetkazish |
|
|
|
24
|
Talabani universitetdan chetlashtirish asoslari
|
|
|
b
|
O'qishning boshqa ta'lim muassasasiga ko'chirilishi munosabati bilan |
|
|
d
|
O'quv intizomini va oliy ta'lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi |
|
|
e
|
Bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli |
|
|
f
|
O'qish uchun belgilangan to'lov o'z vaqtida amalga oshirilmaganligi (to'lov-kontrakt bo'yicha) |
|
|
g
|
Talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan |
|
|
h
|
Sud qaroriga ko'ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda |
|
|
i
|
Vafot etganligi sababli |
|
|
|
b) Tinglovchilar
|
|
27
|
Universitet huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy yoki tarmoq markazida o'qiyotgan shaxslar tinglovchilar hisoblanadi. Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibi, tinglovchilarni o'qitish shartlari va huquqlari qonun hujjatlariga muvofiq tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
|
|
d) Tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar
|
|
28
|
| Tayanch doktorant / Doktorant
Davlat budjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish maqsadida ilmiy izlanishlar olib boruvchi fuqaro.
|
Mustaqil izlanuvchi
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida PhD va DSc ilmiy darajalari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib boruvchi fuqaro.
|
Tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarni o'qitish shakllari va muddatlari, ularni qabul qilish hamda faoliyatini tashkil etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
|
|