Bugun "Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetida Özbekiston–Iordaniya oliy taʼlim taşkilotlari rektorlari forumi boşlandi.

Mazkur tadbirda ikki mamlakatning 70 ga yaqin oliy taʼlim taşkiloti rektorlari iştirok etişmoqda. Eʼtiborlisi, xalqaro anjumanda Qarşi davlat texnika universiteti rahbariyati ham qatnaşmoqda.

Forumda sunʼiy intellekt, raqamli texnologiyalar, muqobil energetika, muhandislik, tibbiy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar kabi ustuvor yönalişlarda universitetlararo hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilinmoqda.

Tadbir davomida har ikki davlat oliygohlari örtasida memorandumlar imzolandi. Jumladan, universitetimiz hamda Al-Balqa amaliy universiteti, Al-Ahliya universiteti va Al al-Bayt universiteti bilan hamkorlikni yölga qöydi.

Anjumanda rektor Şerzod Neʼmatov Qarşi davlat texnika universitetining bugungi kundagi faoliyati, erişilgan natijalar va istiqboldagi rejalar haqida maʼruza qildi.