Bugun universitet kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda oliygoh rahbariyati, professor-oʻqituvchilar va yosh olimlar ishtirok etdilar.
Kun tartibidan universitet faoliyatini rivojlantirishga doir muhim masalalar oʻrin oldi.
Dastlab universitet professor-oʻqituvchilari va doktorantlarining xorijiy davlatlardagi ilmiy stajirovka va malaka oshirish dasturlari boʻyicha hisoboti tinglandi. Meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari boʻyicha qilingan ishlar tahlil etildi.

Kengash aʼzolari Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida amalga oshirilayotgan oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, “ustoz-shogird” va maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi ishlarining borishi haqidagi hisobotni tingladilar. Bu borada masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, 2025/2026-oʻquv yilida universitet oʻquv binolari va talabalar turar joylarini kuz-qish mavsumga tayyorlash borasida amalga oshirilgan ishlar ham muhokama qilindi.

Anʼanaga koʻra, kengash yigʻilishida ilmiy unvon va daraja olgan professor-oʻqituvchilarga diplomlar topshirildi. Yana bir yangilik, “Biznes va boshqaruv” kafedrasi mudiri Feruza Norqobilova “Janubi-gʻarbiy maxsus okrugda xizmat qilgan davrimdan esdalik” nishoni bilan taqdirlandi.