Energetika muhandisligi, Transport va qurilish mihandisligi, Nift-gaz va geologiya, Iqtisodiyot va boshqaruv, Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakultetlari talabalari ishtirokida o‘tkazilgan onlayn muloqot mavzusi yana “Work and Travel” dasturi va Yevropa grantlari xususida bo‘ldi.


Uchrashuvda rektor Sherzod Ne’matov, birinchi prorektor Abror Murtazayev, o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Anvar Abdiyev, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i v.b. Sohibnazar Omonov, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari qatnashdilar.


Tadbirda “Work and Travel” dasturi, Erasmus+ va Slovakiyaning NSP grantlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar uchun ariza topshirish tartibi va hujjatlar tayyorlash yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi.