XALQLAR DÖSTLIGI – MILLATLAR KÖZGUSI

XALQLAR DÖSTLIGI – MILLATLAR KÖZGUSI

XALQLAR DÖSTLIGI – MILLATLAR KÖZGUSI

    Irrigatsiya muhandisligi fakultetida “Xalqlar döstligi – millatlar közgusi” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bölib ötdi.

    Image

    Universitet axborot-resurs markazi taşabbusi bilan ötkazilgan tadbirda fakultet dekani Dilşod Quvvatov, Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman)ning viloyatdagi mintaqaviy vakili Lola Saodatova, viloyat hokimligi bölim boşliği Firdavs Sattorov, viloyat turkman milliy madaniy markazi rahbari örinbosari Tozagul Andayeva, professor-öqituvçilar hamda talabalar iştirok etdilar.

    Image

    Tadbir davomida millatning özligini belgilovçi til, tarix va maʼnaviyat, xalqlarni birlaştiruvçi ezgu qadriyatlar, adabiyot va sanʼatning döstlikni mustahkamlaşdagi beqiyos örni haqida söz yuritildi.

    Image

    Dasturga kötarinki ruh bağişlagan turli millatlarning milliy raqslari, rus, özbek va turkman tillarida ijro etilgan şeʼrlar iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, Erkin Vohidov va Çingiz Aytmatov ijodida tarannum etilgan insonparvarlik, mehr-oqibat va xalqlar döstligi ğoyalari tadbirning mazmunini yanada boyitdi.

    Image

    Samimiy ruhda ötgan uçraşuv turli millat va elat vakillarini yagona ezgu maqsad – tinçlik, ahillik va özaro hurmat yölida birlaştiruvçi qadriyatlarni yana bir bor namoyon etdi.

    Image