Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi

Image

Bo'lim boshlig'i

F.I.O: Malikova Muxlisa Komiljonovna
Qabul vaqti: Dushanba — juma Telefon: +998 90 877 83 84
E-mail: malikovamuxlisa7@gmail.com
Image

Iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi muhandisi

F.I.O: Qo'ziyev Olmos Anvar o'g'li
Qabul vaqti: Dushanba — juma Telefon: 93-420-18-94
Image

Iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi muhandisi

F.I.O: Sur'atova Shahzoda Sur'at qizi
Qabul vaqti: Dushanba — juma Telefon: 90-864-13-07
Image

Iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi muhandisi

F.I.O: Yusupova Dilnoza Abdujalilovna
Qabul vaqti: Dushanba — juma Telefon: 97-803-07-75

Bo'lim haqida

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari va topshiriqlariga, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining ko'rsatma va topshiriqlariga, universitet rahbariyati buyruqlari va topshiriqlariga amal qiladi. Universitet rahbariga hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektoriga boʻysunadi, vazirlikning Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimiga hisobdor hisoblanadi.

Bo'limi oʻz faoliyatini Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'limi va boshqa bo'limlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi universitetimizning ilmiy salohiyatini oshirish, yosh iste'dodlarni aniqlash va ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilgan muhim tarkibiy tuzilma hisoblanadi.

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limining asosiy vazifalari

  • iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etish va ularning ilmiy natijalarini amaliyotga joriy etishga ko'maklashish;
  • talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlari, startap va innovatsion loyihalarga jalb etish;
  • respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyalar, seminarlar va forumlarda ishtirokini ta'minlash;
  • fan olimpiadalari, tanlovlar va turli intellektual musobaqalarni tashkil etish hamda o'tkazish;
  • davlat va nomdor stipendiyalar uchun iqtidorli talabalarni tayyorlash va tavsiya etish;
  • grant loyihalari va ilmiy dasturlarda talabalar ishtirokini kengaytirish;
  • ilmiy rahbarlar va talabalar o'rtasida samarali hamkorlikni yo'lga qo'yish;
  • iqtidorli talabalarni rag'batlantirish va ularning yutuqlarini ommalashtirish.

Bo'lim tomonidan o'tkaziladigan olimpiadalar, tanlovlar va stipendiya dasturlari talabalar o'rtasida sog'lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash hamda yuqori natijalarga erishishlariga xizmat qiladi.

Bo'lim tuzilmasi va xodimlar vazifalari

Bo'lim boshlig'i

Iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimini strategik jihatdan tashkil etadi va muvofiqlashtiradi. U bo'lim faoliyatining ustuvor yo'nalishlarini belgilaydi, ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish, talabalarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha tashabbuslarni ilgari suradi.

Bo'lim xodimlari

Iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning ilmiy faoliyatini monitoring qilish hamda ilmiy-tashkiliy ishlarni amalga oshirishda bevosita ishtirok etadilar.