Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

 

  Ma'lumot
Davlonov

Davlonov Xayrulla Allamurotovich

Ilmiy darajasi: t.f.f.d.(PhD)

Ilmiy unvoni: Dotsent

Lavozimi: Bo‘lim boshlig‘i

Qabul vaqti: dushanba - juma

Telefon +99890 441-69-80

 

Bahodir Mamatkulovich

Mamatqulova Dildora Farhod qizi

Lavozimi:Muxandis

Qabul vaqti:dushanba - juma

Telefon:+ 91 456-96-10

E-mail: dildor19969@mail.ru

 

Ilmiy–tadqiqotlar innovatsiyalar va pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi quydagi vazifalarni bajaradi:

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limining asosiy maqsadi - mamlakat ilm-fani taraqqiyotini yanada rivojlashtirish maqsadida Respublika iqtisodiyotini ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni yo‘lga qo‘yib, falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc)larni tayyorlash orqali universitet ilmiy salohiyatini yuksaltirishdan iborat.

- universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan kunning ikkinchi yarmida kafedralarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va ish yurituvchi xujjatlarning to‘g‘ri olib borilishini nazorat kilib borish;

- fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar tanlovlarida professor-o‘qituvchilarning ishtirok etish uchun yil davomida fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, yetakchi professor-o‘qituvchilar va yosh olimlar bilan hamkorlikda ishlash;

- stajor-tadqiqotchi, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarni qabul qilish rejasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan buyruq asosida tuzish;

- stajor-tadqiqotchi, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning doktorlik dissertatsiyasi mavzularini respublika iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladigan fundamental va amaliy, innovatsion loyihalar hamda xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy loyihalar yo‘nalishlariga mos bo‘lishini ta’minlash;

- stajor-tadqiqotchi, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning yillik ish rejalari asosida attestatsiyadan o‘z vaqtida o‘tishlarini ta’minlash;

- professor-o‘qituvchilar, stajor-tadqiqotchi, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar tomonidan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-texnik ishlanmalarni bajarish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etish ishlarida ko‘maklashish;

- stajor-tadqiqotchi, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun ilmiy seminarlar va o‘quv-treninglar tashkil kilish;

- QarDTUda tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun malakaviy imtihon topshiriladigan fanlardan o‘quv mashg‘ulotlarini reja asosida tashkil etish;

- yosh olimlar uchun ilmiy mavzulari bo‘yicha mo‘ljallangan ixtiro va tuziladigan EHM dasturlariga meyoriy hujjatlar olishlari uchun sharoitlar yaratish;

  • yosh olimlarni ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha chet el yetakchi oliy o‘quv yurtlari, ilmiy markazlari va ishlab chiqarish korxonalariga stajirovka va xizmat safariga yuborishni tashkil qilish.

    ILMIY-TADQIQOT QISMI

    Ilmiy texnik kengash

    Ilmiy loyihalar

    Intletual mulk obyetlar

    Quyidagilar Ilmiy tadqiqot qismining asosiy vazifalari hisoblanadi

    Universitet jamoasining, ilmiy bo‘limlarining va alohida xodimlarining mavjud ilmiy salohiyatidan to‘la va samarali foydalanish hamda salohiyatini yanada oshirish maqsadida, ular uchun kerakli iqtisodiy, ijtimoiy va ishlab chiqarish shart-sharoitlarini yaratib berish bo‘yicha takliflar berish;

    fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablari asosida bajarilishi mo‘ljallangan fundamental, amaliy, innovatsion, startap va boshqa loyihalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

    iqtisodiyot sohalarini rivojlantirishdagi ilmiy-texnologik vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda, chet el ilg‘or texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish va joriy etish uchun kerakli shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashish;

    ilmiy-tadqiqot ishlarining ilmiy-texnik samadorligini oshirish, buning uchun o‘quv jarayonlariga ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini faol qo‘llash hamda bu ishlarga magistratura va bakalavriat talabalarini jalb etish yo‘li bilan kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilmiy maktablar va yuqori malakali ilmiy jamoalarni shakllantirish;

    Universitetning texnik va ishlab chiqarish bazasini rivojlantirishda, ilmiy xodimlari malakasi va kasb mahorati darajasini ko‘tarishda ko‘maklashish;

    yirik ilmiy-texnik vazifalarni birgalikda yechish va oliy ta’lim maskanlarida yaratilgan ishlanmalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish maqsadida, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlari orasidagi ilmiy-texnik hamkorlikning istiqbolli shakllarini rivojlantirish;

    chet el o‘quv yurtlari va ilmiy markazlari bilan halqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish.