| Ma'lumot | |
|---|---|
![]() |
Ruzimurodov Zoir Husniddinovich Lavozimi: Xodimlar bo'limi boshlig‘i Qabul vaqti: seshanba- juma (09:00 - 17:00) +998 93 893 53 53 E-mail: |
XODIMLAR BO‘LIMI BOSHLIG‘INING LAVOZIM VAZIFALARI:
Bo‘limning faoliyati va xodimlarining mehnatini tashkil qilish;
- Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari, modemogramma va telefonogrammalarini ijrosini ta’minlash va monitoringini olib borish;
- Oliy o‘quv yurtining rektor nomenklaturasiga kiruvchi barcha xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatishni rasmiylashtirish, shuningdek yuqori organlar nomenklaturasiga kiruvchi lavozimga tasdiqdan o‘tish uchun xodimlar hujjatini tayyorlash;
- Kafedra va Universitetning boshqa bo‘limlari bo‘yicha shtatlardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilishni va joylashni amalga oshirish;
- Xodimlarga asosiy mehnat qonunlarini tushuntirish;
- Universitetning barcha bo‘limlarida ichki tartib va mehnat intizomiga rioya qilishni nazorat qilish;
- Hujjatlashtirishga kiritilgan ariza, bildirishnomalarni ishlab chiqish hamda keyingi rasmiylashtirishda aniqlik kiritish;
- Professor-o‘qituvchilar va boshqaruv apparati, ma’muriyat va o‘quv-yordamchi xodimlarning tabellarini tekshirib borish va haqiqatda ishlamagan xodimlarga ish vaqti qo‘yilishi holatlarini oldini olish choralarini ko‘rish;
- Mehnat daftarchalar, shaxsiy guvohnoma blankalarini hisobga olish va topshirish, rektorga imzo uchun taqdim etiladigan buyruq loyihalarini tekshirish va nazorat qilish;
- Professor-o‘qituvchilar va ma’muriy xo‘jalik bo‘limi xodimlarini ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish va joylashtirish bo‘yicha komissiyalar tarkibida qatnashish;
- Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning hisobga olish bo‘yicha T-2 shakl barcha shaxsiy varaqalarini tasdiqdan o‘tkazish, rasmiylashtirish, Universitet barcha xodimlariga belgilangan tartibda tasdiqlangan ta’til jadvali asosida ta’tillarini berilishini nazorat qilish, zaxira kadrlar bilan ishlash, yillik, oylik hisobotlarni tayyorlashni ta’minlash va belgilangan muddatlarda taqdim etilishini amalga oshirish;
- Xodimlar bo‘limi faoliyati bo‘yicha belgilangan tartibda mehnat organlariga va yuqori tashkilotlarga hisobotlar tayyorlash va taqdim etishni ta’minlash;
- Bo‘sh lavozimlarga iqtidorli yosh magistr darajasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni tanlash, kadrlar zaxirasiga kiritish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha rektorga takliflar kiritish.
- Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini puxta bilish;
- Universitet Shon-sharaf kodeksi, ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.
Bilishi kerak:
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ish bilan ta’minlashga oid qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va vazirliklarning buyruqlari, topshiriqlari, mahalliy hokimyat organlarining qarorlarini hamda Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, Universitet ichki tartib-qoidalarini bilishi.
Malaka talablari:
- Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
- Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
- Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
- Bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
XODIMLAR BO‘LIMI XODIMLAR BO‘YICHA MUHANDIS (TOIFASIZ,
1-2-TOIFA)INING LAVOZIM VAZIFALARI:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari, modemogramma va telefonogrammalarini ijrosini ta’minlash va monitoringini olib borish;
- Universitetning professor-o‘qituvchilari bo‘yicha shtatlardan to‘g‘ri foydalanish va joylashtirishni amalga oshirish;
- Professor-o‘qituvchilarga asosiy mehnat qonunlarini tushuntirish;
- Kafedra professor-o‘qituvchilarilarining ro‘yxatini tuzish, T-2 shakl shaxsiy varaqalari, mehnat daftarchalarini o‘z vaqtida to‘ldirish, mehnat daftarchalariga ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish, qayta saylash, o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish, ishdan ozod qilishni qayd qilish, mehnat daftarchasi harakati haqida alohida hisob daftarini yuritish;
- Xodimlar bo‘limi faoliyati bo‘yicha belgilangan tartibda mehnat organlariga va yuqori tashkilotlarga hisobotlar tayyorlash;
- Bo‘sh professor-o‘qituvchi lavozimlariga iqtidorli yosh magistr darajasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni tanlash, kadrlar zaxirasiga kiritish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha bo‘lim boshlig‘iga takliflar kiritish.
- Universitet professor-o‘qituvchilariga nafaqa tayinlash uchun zarur hujjatlarni tayyorlash va Universitet sug‘urta komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritish;
- Universitetda ishlayotgan professor-o‘qituvchilarga ularning so‘rovlariga ko‘ra belgilangan tartibda ma’lumotnoma berish;
- Professor-o‘qituvchilarning mehnatga qobilyatsizlik varaqalariga ish stajini aniqlash va belgilangan tartibda to‘ldirish;
- Professor-o‘qituvchilarning belgilangan tartibda asosiy va o‘rindoshlik asosida lavozimlari bo‘yicha alohida-alohida mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish;
- O‘rindoshlik asosida va bir necha kasb va lavozimda ishlovchi professor-o‘qituvchilar ro‘yhatini yuritish va qonunda belgilangan me’yordan ortiqcha ishlashlariga yo‘l qo‘ymaslik;
- Professor-o‘qituvchilarning tabellarini tekshirib borish va haqiqatda ishlamagan xodimlarga ish vaqti qo‘yilishi holatlarini oldini olish choralarini ko‘rish;
- Professor-o‘qituvchilarning yillik mehnat ta’tillari jadvalini ishlab chiqish va ta’tillarni jadval asosida berilishini ta’minlash;
- Homiladorlik va tug‘ish hamda bola parvarishlash ta’tiliga chiqqan professor-o‘qituvchilarning yujjatlarini rasmiylashtirish;
- Professor-o‘qituvchilarning mehnat ta’tili, saqlanmagan ta’tillarini, hamda mehnatga layoqatsizlik davrini nazorat qilib borish;
- Bo‘lim boshlig‘ining qonuniy topshiriqlarini bajarish;
- Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini puxta bilish;
- Universitet Shon-sharaf kodeksi, ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.
Bilishi kerak:
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ish bilan ta’minlashga oid qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va vazirliklarning buyruqlari, topshiriqlari, maxalliy xokimyat organlarining Qarorlarini hamda Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, Universitet ichki tartib-qoidalarini bilishi.
Malaka talablari:
- Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
- Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
- O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.
XODIMLAR BO‘LIMI XODIMLAR BO‘YICHA INSPEKTORNING LAVOZIM VAZIFALARI:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan kelgan buyruqlar, telefonogramma, ko‘rsatma xatlariga asosan xizmat safariga yuboriladigan xodimlarning safar buyruqlarini tayyorlab, ijrosini ta’minlash;
- professor-o‘qituvchilar, ma’muriyat va o‘quv yordamchi personal xodimlar hamda murojaat qilgan fuqarolarning arizalari va bildirishnomalarini daftarda qayd etib, bo‘lim boshlig‘iga taqdim qilish;
- Hujjatlashtirishga kiritilgan ariza, bildirishnomalarni ro‘yxatga olish hamda keyingi rasmiylashtirish uchun bo‘lim boshlig‘iga taqdim etish;
- Bo‘lim tomonidan rektorga imzo uchun taqdim etiladigan buyruqlar loyihalarining elektron shaklini tayyorlash va bo‘lim boshlig‘iga taqdim etish hamda buyruq loyihalarini Universitetning tegishli bo‘limlari tomonidan kelishuv imzolarini qo‘yilishini ta’minlash;
- Bo‘lim boshlig‘ining qonuniy topshiriqlarini bajarish;
- Intizomiy jazo qo‘llanilgan xodimlar hisobini yuritish va moddiy rag‘batlantirish chog‘ida inobatga olinishini ta’minlash;
- Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlarining Bayram kunlariga navbatchilik bo‘yicha buyruqlarning elektron shaklini yaratish;
- Professor-o‘qituvchilar, ma’muriyat va o‘quv yordamchi personal xodimlarning kelgan barcha murojaatlarini ro‘yxatga olish daftarida yuritish;
- Xodimlarni barcha buyruqlar bilan tanishtirib va buyruqdan ko‘chirmalar berish;
- Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini puxta bilish;
- Universitet Shon-sharaf kodeksi, ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.
Bilishi kerak:
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ish bilan ta’minlashga oid qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qva vazirliklarning buyruqlari, topshiriqlari, maxalliy xokimyat organlarining Qarorlarini hamda Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, Universitet ichki tartib-qoidalarini bilishi.
Malaka talablari:
- Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
- Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
- O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.
