Qarshi davlat texnika universitetining 3 nafar talabasi Erasmus+ granti asosida Gretsiyada tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritdi!

Universitetimizda Erasmus+ International Credit Mobility (ICM) KA171 dasturi doirasida Gretsiyaning O‘rta yer dengizi universitetida 2026/2027-o‘quv yilining bahorgi semestrida grant asosida bir semestr tahsil olish uchun tanlov tashkil etildi.
Tanlov universitetning buxgalteriya hisobi, audit va logistika ta’lim yo‘nalishlari talabalari o‘rtasida o‘tkazildi. Nomzodlarni saralash jarayonida ularning ingliz tilini bilish darajasi, akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda dastur talablariga muvofiqligi inobatga olindi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:
Alibek Elmurodov – buxgalteriya hisobi (bakalavriat).
Akobir Guliyev – audit (magistratura).
Jonibek Xudoynazarov – logistika (bakalavriat).

G‘olib talabalar Erasmus+ KA171 dasturi doirasida 2026/2027-o‘quv yilining bahorgi semestrida Gretsiyaning O‘rta yer dengizi universitetida bir semestr davomida grant asosida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Mazkur akademik mobillik dasturi talabalarga xalqaro ta’lim muhitida bilim va tajriba orttirish, xorijiy universitetning ilg‘or ta’lim yondashuvlari bilan tanishish, ingliz tilidagi muloqot ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda kasbiy salohiyatini rivojlantirish imkonini beradi.

🎉 G‘olib talabalarimizni samimiy muborakbod etamiz va ularga xalqaro ta’lim dasturidagi ishtirokida muvaffaqiyatlar tilaymiz!