Yangidan tashkil etilgan “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” sportga ixlosmand yoshlar uchun yana bir imkoniyatdir.

Bugun talabalarimiz ishtirokida gandbol, suzish va stol tennisi boʻyicha universitet birinchiligi musobaqalari oʻtkazildi.

Suzish bahslari Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida boʻlib oʻtdi. Natijalar bilan tanishing.

Erkin usulda suzish (50 metr):
1-oʻrin: Mirjalol Barnoyev.
2-oʻrin: Zafar Xoʻjamberdiyev.
3-oʻrin: Doniyor Sharipov.

Chalqancha usulda suzish (50 metr):
1-oʻrin: Mirjalol Barnoyev.
2-oʻrin: Zafar Xoʻjamberdiyev.
3-oʻrin: Nodirbek Bekmurodov.
Erkin usulda suzish (100 metr):
1-oʻrin: Mirjalol Barnoyev.
2-oʻrin: Muhriddin Usmonqulov.
3-oʻrin: Javohir Elomonov.
Bundan tashqari, 50 metr masofaga erkin usulda suzishda faqat Sevara Naimova gʻolib boʻldi.

Stol tennisi bahslari ham qiziqarli kechdi. Yigit va qizlar oʻrtasidagi bellashuvlarda 6 nafar ishtirokchi gʻolib va sovrindor boʻldi.

Qizlar o‘rtasida:
1-oʻrin: Munis Toshpoʻlatova.
2-oʻrin: Asal Davronova.
3-oʻrin: Shahzoda Eshmurodova.

Yigitlar bahsida:
1-oʻrin: Zohid Alisherov.
2-oʻrin: Muhammadamin Baxtiyorov.
3-oʻrin: Nurlan Aliyev.

Barcha gʻolib va sovrindorlarni yuksak natijalari bilan samimiy muborakbod etamiz!