IQTIDOR SINOVI – YANGI BOSQICHDA

IQTIDOR SINOVI – YANGI BOSQICHDA

IQTIDOR SINOVI – YANGI BOSQICHDA

    Qarshi davlat texnika universitetida Prezident va nomli davlat stipendiyalari uchun saralash sinovlarining dastlabki bosqichi boʻlib oʻtdi.

    Dastlab nomzodlar bilan o‘tkazilgan muloqotda rektor Sherzod Ne’matov hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘ulom Uzoqov ishtirok etdilar. Mazkur stipendiyalarga sazovor bo‘lgan talabalarimizning yutuqlari va ilmiy izlanishlari haqida so‘z yuritdilar.

    Birinchi imtihon, asosan, Oʻzbekiston tarixi fanidan tashkil etildi. Talabalar oʻz bilimlari, dunyoqarashi va tahliliy fikrlash qobiliyatini namoyish qilishdi.

    Sinovda faqat aʼlo baholarga oʻqiydigan, iqtidorli va jamoat ishlarida faol qatnashib kelayotgan talabalar ishtirok etmoqda. Ular – kelajak yetakchilari, stipendiyaga munosib boʻlish uchun bor kuchini sarf etayotgan yoshlardir.

    Navbatdagi imtihon 17–18 iyul kunlari boʻlib oʻtadi va bu gal talabalar xorijiy tillar boʻyicha bilimlarini namoyon etadilar.