“IRRIGATORLAR” – TURNIR G‘OLIBI

“IRRIGATORLAR” – TURNIR G‘OLIBI

“IRRIGATORLAR” – TURNIR G‘OLIBI

    Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili hamda Navroʻz – umumxalq bayramiga bagʻishlab professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlarimiz oʻrtasida universitet birinchiligi – “Rektor kubogi” sport musobaqalari oʻtkazilmoqda.

        “Sport – sogʻlom xalq, sogʻlom jamiyatning tayanch ustunidir” shiori ostida tashkil etilgan ushbu turnirlarning mini futbol boʻyicha bahslari har doimgidek shiddatli va qiziqarli kechdi.

    Image

    Jamoalar ikki guruhga boʻlingan holda oʻzaro oʻyinlar oʻtkazdi. “A” guruhida Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi (SHOOMF) hamda Neft-gaz va geologiya (NGvaGF) fakultetlari yarim finalga yoʻl oldi. Ularga “B” guruhida birinchi va ikkinchi oʻrinni egallagan Transport va qurilish muhandisligi (TvaQMF) hamda Irrigatsiya muhandisligi (IMF) fakultetlari futbolchilari raqib boʻldilar.

    Image

    Yarim finalning har ikki uchrashuvida ham “B” guruhi jamoalari gʻalaba qozondi:

    IMF – SHOOMF 4:1

    TvaQMF – NGvaGF 3:0

    3-oʻrin uchun kechgan bahsda Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti jamoasi “neftchi”larni 2:0 hisobida yengdi.

   Image

    Final ham guruhdoshlar oʻrtasida kechdi. Dastlabki uchrashuvda TvaQMF 1:0 hisobida zafar quchgan edi. Bu safar esa...

   Image

    Hal qiluvchi uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. Bu gal ham oʻyin taqdirini yagona gol hal qildi, lekin gʻolib “irrigatorlar” boʻlishdi.

    Xullas, Irrigatsiya muhandisligi fakulteti futbolchilari turnir gʻolibi boʻldi.