KENGASH YIG‘ILISHI: MUHIM MASALALAR MUHOKAMASI

KENGASH YIG‘ILISHI: MUHIM MASALALAR MUHOKAMASI

KENGASH YIG‘ILISHI: MUHIM MASALALAR MUHOKAMASI

    Bugun universitet kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda oliygoh rahbariyati, professor-oʻqituvchilar va yosh olimlar ishtirok etdilar.

    Image

    Dastlab kuni kecha Turkmanistonda matematika boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro olimpiada sovrindori boʻlgan talabalar yutuqlari va ularning ustozlari mehnati alohida eʼtirof etildi.

    Image

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlarining bajarilishi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, universitet kengashi qarorlari bajarilishi tahlil qilindi.

    Image

    Irrigatsiya muhandisligi fakultetida oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy tadqiqot yoʻnalishlarida va maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

    Image

    Yoshlar oʻrtasida radikallik, ekstremizm, terrorizm g‘oyalari, giyohvandlik moddalari tarqalishiga qarshi kurashish hamda huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar toʻgʻrisida ham atroflicha soʻz yuritildi.

    Image

    2025/2026-oʻquv yilining kuzgi semestr yakunlari boʻyicha talabalarning fanlardan oʻzlashtirish natijalari tahlil qilindi.

    Image

    “Biznes va boshqaruv” kafedrasida 2025-yilda amalga oshirilgan oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha hisobot tinglandi. 2026-yilda kafedra faoliyatini takomillashtirishning istiqbollari maʼlum qilindi.

   Universitet 1-sonli akademik litseyi faoliyati va kelgusi rejalar toʻgʻrisidagi masala ham kengash kun tartibidan oʻrin egalladi.

   Image

    Universitetning 2025-yildagi moliyaviy-iqtisodiy va xoʻjalik faoliyati boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobot hamda 2026-yilda rejalashtirilgan moliyaviy faoliyat boʻyicha maʼlumotlar tinglandi. Boshqa koʻplab masalalar ham muhokamalar markazida boʻldi.

    Kun tartibidagi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

    Image

    Anʼanaga koʻra, kengash yigʻilishida ilmiy unvon va daraja olgan professor-oʻqituvchilarga diplomlar topshirildi.