Aziz abituriyentlar!
Siz hayotingizning muhim bosqichida – yangi sahifa ostonasida turibsiz. Qalbingizdagi hayajon, umid, ishonch va ikkilanish tuygʻularini biz ham yurakdan his etyapmiz. Bugungi tanlovingiz ertangi kelajagingizning poydevori boʻladi.
Mehnatingiz va intilishingiz samara berishiga ishonamiz. Bilim va saʼy-harakatingiz bilan albatta talabalik baxtiga erishasiz. Biz Sizni universitetimiz yoshlari safida koʻrishni istaymiz.
Har bir muvaffaqiyat kichik qadamlardan boshlanadi. Qoʻrqmang, ikkilanmang, balki orzuingiz sari dadil intiling! Yutqazishdan emas, urinib koʻrmaslikdan qoʻrqing. Maqsadingiz baland boʻlsin!
Hayotda, mehnat jabhasida oʻz oʻrningizni topishingizda oliy taʼlim muassasasida olgan bilimlaringiz, koʻnikmalaringiz muhim oʻrin egallaydi. Viloyatdagi yagona texnika universiteti boʻlgan oliygohimiz bu yoʻldagi eng toʻgʻri qaroringiz boʻlishiga aminman.
Omad Sizga yor boʻlsin!
Sherzod Neʼmatov
Qarshi davlat texnika universiteti rektori