OʻZBEKISTON-GERMANIYA: HAMKORLIK YOʻLIDAGI YANA BIR QADAM

OʻZBEKISTON-GERMANIYA: HAMKORLIK YOʻLIDAGI YANA BIR QADAM

OʻZBEKISTON-GERMANIYA: HAMKORLIK YOʻLIDAGI YANA BIR QADAM

    Qarshi davlat texnika universitetida Germaniyaning “Prosika” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Xorijiy tillar va kasbga oʻqitish markazi”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Image

    “Prosika” taʼlim, ilm-fan va texnologiya sohalarida faoliyat yurituvchi nemis kompaniyasi boʻlib, hozirda dunyo boʻylab 30 dan ortiq mamlakat va hududlar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

    Image

    Universitetning “Prosika” bilan yakdilligi talabalar va mahalliy aholi uchun ilk nemis tili oʻqitish dasturini amalga oshirish bilan boshlandi. Mazkur loyiha zamonaviy texnika, intellektual oʻquv platformalari va Yevropa standartlariga mos oʻquv materiallari asosida samarali taʼlim usulini ishlab chiqishga qaratilgan.

    Image

    Loyihaning izchil amalga oshirilishi minglab yoshlarning Germaniyada oʻqishi va ishlashlari uchun keng imkoniyat yaratishi bilan ahamiyatlidir.

    Image