POTSDAMDA AMALIY MULOQOTLAR

POTSDAMDA AMALIY MULOQOTLAR

POTSDAMDA AMALIY MULOQOTLAR

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda mamlakatimizning muhandislik oliygohlari rektorlaridan iborat delegatsiya Germaniyada oʻzaro tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida uchrashuvlar oʻtkazmoqda.

    Image

    Mazkur delegatsiya tashrifi jarayonida Qarshi davlat texnika universiteti rahbariyati va professor-oʻqituvchilari ham ishtirok etmoqda. Ular dastlab Potsdam amaliy fanlar universitetining taʼlim tizimi va ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

    Image

    Tashrif davomida Germaniyaning oliy taʼlim tizimida keng qoʻllanilayotgan dual taʼlim modeli, taʼlim jarayonining ishlab chiqarish bilan integratsiyasi, talabalarni amaliy koʻnikmalar asosida tayyorlash mexanizmlari hamda universitetning korxonalar bilan hamkorlik tajribasi oʻrganilmoqda.

    Image

Shuningdek, muzokaralar davomida oliy taʼlim sifatini yanada oshirish, akademik hamkorlikni rivojlantirish va ilgʻor tajribalarni oʻzaro almashish masalalari muhokama qilindi.