TANLOV G‘OLIBLARI ANIQLANDI

TANLOV G‘OLIBLARI ANIQLANDI

TANLOV G‘OLIBLARI ANIQLANDI

    Qarshi davlat texnika universitetida “Eng faol yil talabasi – 2025” tanlovi universitet bosqichi boʻlib oʻtdi.

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida oʻtkazilayotgan mazkur respublika tanlovining universitet bosqichi boʻlib oʻtdi. Bu yil tanlovga 7 ta nominatsiya boʻyicha jami 150 nafar iqtidorli talaba hujjat topshirdi. Hakamlar hayʼati tomonidan talabgorlarning loyihalari va hujjatlari koʻrib chiqilib, gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.

    “Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasida:

    1-oʻrin: Nurimon Bobojonov (Irrigatsiya muhandisligi fakulteti).

    2-oʻrin: Dilnoza Shukurova (Neft-gaz va geologiya fakulteti).

    3-oʻrin: Mashhura Ikromova (Energetika muhandisligi fakulteti).

    “Yilning eng faol targʻibotchi talabasi” nominatsiyasi boʻyicha:

    1-oʻrin: Nilufar Rahmatova (Transport va qurilish muhandisligi fakulteti).

    2-oʻrin: Nilufar Bahronova (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti). 

    3-oʻrin: Sevinch Tozaboyeva (Irrigatsiya muhandisligi fakulteti).

    “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi boʻyicha:

    1-oʻrin: Asila Jovliyeva (Transport va qurilish muhandisligi fakulteti).

    2-oʻrin: Shukurova Farangiz (Energetika muhandisligi fakulteti).

    3-oʻrin: Sevinch Eshmurodova (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).

    “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi boʻyicha:

    1-oʻrin: Lochinbek Zubaydullayev (Irrigatsiya muhandisligi fakulteti).

    2-oʻrin: Firuza Qurbonova (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).

    3-oʻrin: Javohir Shodiyev (Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakulteti).

    “Yilning eng faol iqtidorli talabasi” nominatsiyasi boʻyicha:

    1-oʻrin: Marjona Abduhalimova (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).

    2-oʻrin: Bunyodbek Kattabekov (Irrigatsiya muhandisligi fakulteti).

    3-oʻrin: Mohlaroy Komilova (Transport va qurilish muhandisligi fakulteti).

    “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi boʻyicha:

    1-oʻrin: Saida Abdunazarova (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).

    2-oʻrin: Nilufar Samadova (Energetika muhandisligi fakulteti).

    3-oʻrin: Mansurjon Yormuhammedov (Transport va qurilish muhandisligi fakulteti).

   “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun) nominatsiyasi boʻyicha, komissiya aʼzolarining qaroriga koʻra, nomzodlarning hujjatlari nizom talablariga mos kelmaganligi sababli aniqlanmadi.

    Eslatib oʻtamiz, “Eng faol yil talabasi – 2025” tanlovining universitet bosqichi gʻolib va sovrindorlari bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 baravari miqdorida pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi. Har bir nominatsiyaning 1-oʻrin sohiblari esa joriy yil dekabr oyida oʻtkaziladigan respublika bosqichida universitet sharafini himoya qiladi.

    Tanlov gʻoliblarini samimiy muborakbod etamiz va respublika bosqichida ham omad yor boʻlishini tilaymiz!