E’tirof
XALQARO REYTINGDA YANGI NATIJALAR
Qarshi davlat texnika universitetining “The Impact Rankings – 2026” boʻyicha natijalari yaxshilandi.
Universitetimiz joriy yilda xalqaro “Times Higher Education” (THE) Impact Rankings reytingida, yaʼni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs) boʻyicha 11 ta yoʻnalishda ijobiy natijalarni qayd etdi:
SDG 1 – No Poverty (Qashshoqlikka barham berish)dagi oʻrin: 801+.
SDG 2 – Zero Hunger (Ochlikka barham berish)dagi oʻrin: 401–600.
SDG 3 – Good Health and Well-being (Sogʻliq va farovonlik)dagi oʻrin: 1001+.
SDG 4 – Quality Education (Sifatli taʼlim)dagi oʻrin: 1001+.
SDG 5 – Gender Equality (Gender tengligi)dagi oʻrin: 1001+.
SDG 7 – Affordable and Clean Energy (Arzon va toza energiya)dagi oʻrin: 601–800.
SDG 8 – Decent Work and Economic Growth (Munosib mehnat va iqtisodiy oʻsish)dagi oʻrin: 801–1000.
SDG 9 – Industry, Innovation and Infrastructure (Sanoat, innovatsiya va infratuzilma)dagi oʻrin: 601–800.
SDG 10 – Reduced Inequalities (Tengsizlikni qisqartirish)dagi oʻrin: 801+.
SDG 11 – Sustainable Cities and Communities (Barqaror shaharlar va jamoalar)dagi oʻrin: 801+.
SDG 17 – Partnerships for the Goals (Maqsadlar yoʻlidagi hamkorlik)dagi oʻrin: 1001–1500.
Maʼlumot oʻrnida: “Times Higher Education” (THE) — bu dunyodagi eng nufuzli xalqaro oliy taʼlim tahlil va reyting tashkilotlaridan biri boʻlib, universitetlarning taʼlim sifati, ilmiy tadqiqotlari, xalqaro nufuzi va jamiyatga qoʻshayotgan hissasini baholaydi.
Xullas, Qarshi davlat texnika universiteti THE Impact Rankings – 2026 da 11 ta yoʻnalish boʻyicha xalqaro reyting tizimida oʻzining dastlabki natijalarini qayd etdi. Mazkur koʻrsatkichlar universitetning taʼlim, ilm-fan, energetika, infratuzilma, ijtimoiy tenglik va xalqaro hamkorlik yoʻnalishlaridagi faoliyatini namoyon etadi.