Universitetda ushbu haftada professor-o‘qituvchilar uchun ko‘plab mavzularda seminar-treninglar o‘tkazildi.

Bugungi seminarda xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Ibrat Ismoilov va bo‘lim xodimlari tomonidan “Xalqaro reytinglar va Barqaror rivojlanish maqsadlari” mavzusida ma’ruza mashg‘ulotlari mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Seminarda Times Higher Education (THE), QS World University Rankings hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) bo‘yicha keng ma’lumot berildi.

Seminar davomida xalqaro reytinglarning mazmuni, baholash mezonlari, ularning oliy ta’lim muassasalari faoliyatidagi ahamiyati hamda SDGlarning ta’lim, ilm-fan va ijtimoiy rivojlanishdagi o‘rni haqida so‘z bordi.

Shuningdek, universitet faoliyatini xalqaro reytinglar va barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, seminar doirasida universitet xodimlariga chet davlatlarda stajirovka o‘tash imkoniyatlari va tartibi tushuntirildi.