YOŞ OLIMLAR ISTIQBOLI

YOŞ OLIMLAR ISTIQBOLI

YOŞ OLIMLAR ISTIQBOLI

    Qarşi davlat texnika universitetida Xitoyning Anhui provinsiyasi delegatsiyasi aʼzolari bilan uçraşuv bölib ötdi.

    Image

    Tadbirda qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş, akademik almaşinuvni kengaytiriş va qöşma laboratoriya taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.

    Image

    Uçraşuvda Anhui provinsiyasi Fan va texnologiyalar departamenti boş direktorining örinbosari Tan Haibin va boşqa masʼullar, QarDTUning öquv işlari böyiça prorektori Zafar Çorşanbiyev, Iqtisodiyot va boşqaruv fakulteti dekani Şavkat Nasimov, professor-öqituvçilar va mutaxassislar qatnaşdilar.

    Image

    Muzokaralarda energetika, kimyo muhandisligi, qayta tiklanuvçi energiya va yaşil texnologiyalar sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, Qarşi davlat texnika universitetining reaksiya kinetikasini modellaştiriş, issiqlik va massa almaşinuvini tahlil qiliş hamda texnologik jarayonlarni modellaştiriş böyiça tajribasini Anhui texnologiya universitetining katalitik materiallarni yaratiş va sinovdan ötkaziş imkoniyatlari bilan uyğunlaştiriş muhimligi qayd etildi.

    Image

    Muloqot davomida Qarşi davlat texnika universiteti va Anhui texnologiya universiteti örtasida ikki tomonlama kelişuv imzolandi.

    Image

    Uçraşuvda qayta tiklanuvçi energiya va barqaror rivojlaniş texnologiyalari böyiça Xitoy–Özbekiston “Bir makon, bir yöl” qöşma laboratoriyasini taşkil etiş taşabbusi ham körib çiqildi. Mazkur loyiha Xitoyning Milliy ustuvor tadqiqot va işlanmalar dasturining “Hukumatlararo xalqaro ilmiy-texnologik innovatsion hamkorlik” yönalişi doirasida amalga oşirilmoqda. U karbonat angidriddan foydalanişning yangi usullari va barqaror energiya saqlaş texnologiyalarini tadqiq etişga qaratilgan.

    Image

    Şuningdek, yoş olimlar va mutaxassislarning özaro taşriflari, magistrant va doktorantlarni birgalikda tayyorlaş hamda xalqaro texnik öquv kurslarida iştirok etiş imkoniyatlariga eʼtibor qaratildi. Universitetimiz ilmiy jamoasining 2025-yil dekabr oyida Anhui texnologiya universitetida olib borgan qöşma tajribalari va ilmiy almaşinuvi keyingi hamkorlik uçun muhim asos bölgani qayd etildi.

        Mehmonlar “Muhandislik ilmiy-işlab çiqariş markazi” (fab-lab) faoliyati bilan yaqindan tanişdilar.