Bo'limning funksiyalari
Bo'lim o'ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Nazorat va profilaktika
- universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonunosti hujjatlar, shuningdek, Vazirlik Hay'ati qarorlari va buyruqlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning to'liq, sifatli va o'z vaqtida ijro etilishini ta'minlaydi, belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ahvolini o'rganadi, natijalari bo'yicha ma'lumotlar tayyorlaydi;
- universitetda "Korrupsiyasiz soha" loyihasini amalga oshiradi;
- universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun rektorga kiritadi;
- universitetning ichki hujjatlarida aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi;
- universitetda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi va ularni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi;
- universitetda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlarini reestrini yuritib boradi;
- universitet huzuridagi akademik litseyning korrupsiyaga qarshi kurashish yo'nalishidagi faoliyati ustidan nazorat o'rnatadi.
Murojaatlar va monitoring
- universitetning professor-o'qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko'rsatuvchi va o'quv-yordamchi xodimlarining hatti-harakatlaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlar va anonim xabarlarni ko'rib chiqadi hamda o'rnatilgan tartibda choralar ko'radi;
- davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to'qnashuvini tahlil qilishda va kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda ishtirok etadi;
- universitet xodimlari o'rtasida manfaatlar to'qnashuvi monitoringini yuritadi va tegishli takliflar kiritadi;
- universitetda korrupsiyaga qarshi amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritadi, tahliliy materiallarni rahbariyatga hamda Vazirlikka kiritib boradi.
Targ'ibot va tadbirlar
- universitetning professor-o'qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko'rsatuvchi, o'quv-yordamchi xodimlar o'rtasida muntazam ravishda profilaktik suhbatlar tashkil etib boradi;
- universitet faoliyatida korrupsiyaviy holatlarni aniqlash maqsadida professor-o'qituvchilar, boshqaruv, texnik, xizmat ko'rsatuvchi, o'quv-yordamchi xodimlar, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar) va aholi o'rtasida so'rovlar o'tkazadi;
- so'rovlar, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashish targ'iboti bo'yicha chora-tadbirlar natijalari va ta'sirini muntazam ravishda baholab boradi hamda keyingi chora-tadbirlarni belgilashda baholash natijalaridan foydalanadi;
- professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar o'rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar tashkil etadi;
- universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholaydi;
- universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining shart-sharoitlari va sabablarini o'rganadi, shuningdek ularni bartaraf etish bo'yicha takliflarni ishlab chiqadi.
Hisobot va hamkorlik
- universitetning rasmiy veb-saytida "Korrupsiyaga qarshi kurashish" bo'limidagi ma'lumotlarni muntazam ravishda yangilab borilishini ta'minlaydi;
- har chorakda va zaruratga ko'ra korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar hamda universitetdagi korrupsiyaviy vaziyat haqida rektorga hamda Vazirlikning Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limiga hisobot beradi;
- Vazirlikning Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari, ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni yo'lga qo'yadi.
|