ENERGETIKLAR UCHUN MEHNAT YARMARKASI

ENERGETIKLAR UCHUN MEHNAT YARMARKASI

ENERGETIKLAR UCHUN MEHNAT YARMARKASI

    Bugun Energetika muhandisligi fakultetida “Oʻzmilliybank” AJ viloyat bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda “Karyera kunlari” mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

    Image

    Mazkur tadbir talabalar va bitiruvchilarni sohadagi yetakchi ish beruvchilar bilan tanishtirish, ularning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish hamda energetika tarmogʻida munosib ish oʻrinlarini topishlariga koʻmaklashish maqsadida oʻtkazildi.

    Image

    Yarmarkada "Talimarjon IES" aksiyadorlik jamiyati, Qarshi magistral kanali irrigatsiya tizimi boshqarmasi, xorijiy va mahalliy kompaniyalar rahbariyati ishtirok etdi.

    Image

    Tadbir davomida talabalar ish beruvchilar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, yarmarkada iqtidorli talabalar va yosh olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari koʻrgazmasi tashkil qilindi.

    Image

     Soʻngra universitet rektori Sherzod Neʼmatov, "Talimarjon IES" aksiyadorlik jamiyati rahbari Karim Mikati va boshqa masʼullarning talaba-yoshlar bilan muloqoti oʻtkazildi.

    Image