Ilmiy-tadqiqot faoliyati

Ilmiy-tadqiqot faoliyati

QARSHI DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

№ Faoliyat mazmuni Bajarilish muddati Mas’ullar
1 Iqtidorli talabalarning ilmiy ishlari va ilmiy ishlanmalarini amaliyotga joriy qilish, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish. O‘quv yili davomida Ilmiy bo‘lim, iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi, ixtisoslashgan kafedralar
2 Iqtidorli talabalarni ilmiy anjumanlarga, universitet, oliy o‘quv yurtlararo Respublika va Xalqaro miqyosdagi konferensiyalar, olimpiadalarga qatnashishlarini uyushtirish va ilmiy maqolalarini chop ettirishni yo‘lga qo‘yish. O‘quv yili davomida Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi, iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi, kafedralar, tyutorlar, ilmiy to‘garak rahbarlari
3 Ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli talabalar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash. O‘quv yilining oktabr oyida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi, ilmiy to‘garak rahbarlari
4 Talabalarni fan-ta’lim va ishlab chiqarish, korporativ hamkorlikda bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish. O‘quv yili davomida Dekanatlar, kafedralar, ilmiy to‘garak rahbarlari
5 Iqtidorli talabalarga chet tili va axborot texnologiyalarini o‘rgatish bo‘yicha tashkiliy mashg‘ulotlarni nazorat qilish. O‘quv yili davomida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi
6 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari uchun tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarini nazorat qilish. O‘quv yili davomida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi
7 Iqtidorli talabalarning kafedralarda va fakultetlarda ish rejalarining bajarilishini nazorat qilish. O‘quv yili davomida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi