Qarshi davlat texnika universiteti tyutorlarni ishga qabul qilish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomda tyutorlarni ishga qabul qilish jarayoni bilan bogʻliq malaka talablari belgilangan.
Nizomning 17-bandiga muvofiq:
oliy maʼlumotga (bakalavr) ega boʻlish (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi);
qonunchilik hujjatlariga muvofiq taʼlim berish huquqidan mahrum etilmagan boʻlishi;
maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar uslubiyoti va amaliyotini chuqur anglab etgan, pedagogik-psixologik bilim va tajribaga ega boʻlishi;
namunaviy shaxsiy fazilatlariga, shu jumladan, madaniyatli, masʼuliyatli, kirishuvchan, vatanparvar va tashabbuskor boʻlish;
mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalariga ega boʻlish.
Ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan talablarga javob bermaydigan mutaxassislar tyutorlik lavozimiga tayinlanmaydi.
Izoh: universitetda hozirgi kunda tyutorlik faoliyati boʻyicha boʻsh ish oʻrni mavjud emas.