Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti |
|||||||
|
Fakultet joylashgan manzil: Qarshi shahri, Mustaqillik shox ko'chasi, 224-uy. |
|||||||
|
|||||||
|
|||||||
|
|||||||
Fakultet haqida umumiy ma'lumotIqtisodiyot va boshqaruv fakultetida O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" shuningdek, Prezidentimizning milliy istiqlol g'oyasi, ma'naviyat va ma'rifat, ta'lim va tarbiyaga bag'ishlangan asarlari va nutqlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining bo'yruqlari, hamda Qarshi davlat texnika universiteti rektorining bo'yruqlari, universitet va fakultet Ilmiy Kengashlari qarorlarini hayotga tadbiq etish bilan birga ma'naviy-ahloqiy va tarbiyaviy ishlar ham olib borilmokda. Qarshi davlat texnika universiteti Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 1992 yilda tashkil topgan. 1995 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash injenerlari universiteti va Toshkent politexnika universitetining Qarshi filiallari negizida Qarshi muhandislik iqtisodiyot universiteti tashkil etilgandan so'ng, "Iqtisodiyot" fakulteti tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.12.2024 yildagi PQ-428-sonli qaroriga asosan Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etilishi munosabati bilan fakultet nomi "Iqtisodiyot va boshqaruv" deb qaytadan nomlandi. 1992 yildan bugungi kungacha fakultetni tugatgan mutaxassislar respublikamiz va chet el davlatlaridagi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarida faoliyat ko'rsatib, mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda o'zlarining munosib hissalarini qo'shib kelmoqdalar. Fakultet tarkibidagi kafedralar
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari
Moddiy-texnik bazaQator yillar mobaynida kafedralarda mustahkam va zamonaviy moddiy-texnik baza yaratilib, o'quv va laboratoriya xonalari davr talabi asosida jihozlangan. Viloyatning yirik korxona va tashkilotlari bilan innovatsion korporativ hamkorlik o'rnatilgan. Fakultetda mavjud xonalar:
Fakultetning iqtidorli talabalariO'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibasi:
Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibalari:
Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohiblari:
"Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovini Respublika bosqichi g'oliblari:
Boshqa yutuqlar:
|


