“Eng innovatsion ğoya” respublika körik-tanlovining universitet bosqiçida muvaffaqiyatli iştirok etgan talabalar sovrinli örinlarni egalladilar.

Mazkur tanlov iqtidorli yoşlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini yuzaga çiqariş, yangi ğoya va işlanmalarini qöllab-quvvatlaş, istiqbolli loyihalarni amaliyotga tatbiq etişga xizmat qiladi. Şuningdek, talabalarning mustaqil fikrlaşi, zamonaviy muammolarga innovatsion yeçim topişi va nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyğunlaştirişida muhim ahamiyat kasb etadi.

Tanlovda 3 nafar talaba ğolib va sovrindor sifatida eʼtirof etildi.

1-örin: Laziz Suyunov – “Mini termo plastavtomat” loyihasi muallifi (Energetika muhandisligi fakulteti talabasi).

2-örin: Nozima Saidqulova – “BioPump Tablet” loyihasi muallifi (Irrigatsiya muhandisligi fakulteti magistranti).

3-örin: Zilola Bahriddinova – “Omega-3 va biologik faol tolalarga boy funksional non mahsulotlarini işlab çiqiş” loyihasi muallifi (Transport va quriliş muhandisligi fakulteti talabasi).

Uşbu natijalar universitetda yoşlarning ilmiy izlanişlari va innovatsion taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş borasidagi işlarning samarasidir.