INNOVATSION ISHLANMALAR KOʻRGAZMASI

INNOVATSION ISHLANMALAR KOʻRGAZMASI

INNOVATSION ISHLANMALAR KOʻRGAZMASI

    Bugun, 16-sentyabr kuni Irrigatsiya muhandisligi fakultetida “Eko-innovatsion 2025” ekologik muammolar yechimiga bagʻishlangan innovatsion ishlanmalar va loyihalar koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

    Avvalo shuni qayd etish lozimki, 2025/2026-oʻquv yilida sentyabr universitetda “Ekologik innovatsiyalar va ekologik madaniyat oyligi” etib belgilangan. Shu munosabati bilan oylik davomida ekologik madaniyat yoʻnalishida targʻibot, volontyorlik faoliyati, tanlovlar, ekofaollar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, soha mutaxassislari tomonidan mahorat darslari oʻtkaziladi.

    Bugungi tadbir ham ana shu saʼy-harakatlar doirasida tashkil etildi. Unda ekologiya sohasi mutaxassislarining talabalar bilan uchrashuvi va muloqotlari oʻtkazildi. Shuningdek, talabalar va yosh olimlar tomonidan ekologiya bilan bogʻliq 22 ta innovatsion va startap loyihaning taqdimoti boʻlib oʻtdi.

    Umuman, oylik tadbirlar davomida faol ishtirok etgan ishtirokchilar universitet rahbariyati tomonidan diplomlar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.