Muzeylarda kechagi kunimizdan xabar beradigan eksponatlar va maʼlumotlar mujassamlashgan boʻladi.

Bugun universitet yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Abror Murtazayev boshchiligida dekanlar oʻrinbosarlari, tyutorlar va talabalar Qarshi shahridagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyida boʻldilar.

Mazkur muzeydagi buyumlar yurtimizda yaqin yuz yillarda sodir boʻlgan voqealar – urush dahshatlari, qatagʻon zahmatlari, odamlar turmush-tarzi haqida keng tasavvur uygʻotadi.

Ushbu moʻjaz sayohat talaba-yoshlarda oʻzgacha taassurot qoldirdi.