Bugun Qarshi davlat texnika universitetida Prezidentimiz raisligida 8-avgust kuni oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash masalalari yuzasidan oʻtkazilgan kengaytirilgan yigʻilishda belgilab berilgan vazifalar ijrosiga doir navbatdagi muloqot bo‘lib oʻtdi.

Tadbirda fakultetlar dekanlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.

Muloqot davomida rektor maslahatchisi Nasim Joʻrayev talabalar bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirdi. Nufuzli korxona-tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, aniq reja asosida faoliyat yuritish lozimligini ta’kidladi.
