Taʼlim sifati: YANGI BOSQICH SARI

Taʼlim sifati: YANGI BOSQICH SARI

Taʼlim sifati: YANGI BOSQICH SARI

    Universitetimizda “umummilliy talabalar soʻrovi” oʻtkazilmoqda.

Image

    Qarshi davlat texnika universitetida taʼlim jarayonlarining samaradorligini oshirish va mavjud holatni xolis baholash maqsadida “Umummilliy talabalar soʻrovi” doirasida maxsus tadbir tashkil etilmoqda.

Image

    Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan taʼlim sifatini yangi bosqichga koʻtarish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Image

    Soʻrovnoma jarayonida professor-oʻqituvchilar hamda talabalari faol ishtirok etishmoqda. Ular tomonidan berilgan javoblar va bildirilgan fikrlar universitetimizdagi ta'lim sifatini aniqlash, talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni atroflicha oʻrganish hamda tizimdagi mavjud muammolarga samarali va tizimli yechim topish imkonini beradi.

Image