YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI

YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI

YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI

    Bugun, 7-sentyabr kuni davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi va Bilimlar kuni munosabati bilan universitetimizda “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

    Image
    Tadbirda universitet rektori Sherzod Neʼmatov hamda Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi korxonasi rahbari Shuhrat Aslanov yurtimizda taʼlimni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor, oʻzaro hamkorlik istiqbollari haqida soʻz yuritdilar. Barchani, ayniqsa talabalik baxtiga muyassar boʻlgan yoshlarni bayramlar bilan qutladilar.
    Image
    Universitetning yutuqlari alohida eʼtirof etildi. Dual taʼlimni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni tobora kengaytirish borasidagi ishlar, yangi reja va maqsadlar haqida keng maʼlumot berildi.
    Image
    Kirish imtihonlarida eng yuqori – 189 ballga sazovor boʻlib, Qarshi davlat texnika universitetiga talabalikka tavsiya etilgan Abdurahmon Jabborov oʻzining dil izhorlarini bildirdi.
    Image
    Viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan tayyorlangan badiiy dastur tadbir qatnashchilariga quvonch va koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

    Image