Bugun ham universitet professor-oʻqituvchilari va xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Rektor kubogi” musobaqalarining navbatdagi bellashuvlari boʻlib oʻtdi.

Bahslar, asosan, voleybol (faqat erkaklar oʻrtasida) hamda stol tennisi (erkaklar va ayollar ishtirokida) sport turlari boʻyicha tashkil etildi.

Qishki taʼtilni mazmunli oʻtkazish hamda professor-oʻqituvchilar va xodimlarning sportga boʻlgan mehrini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan bellashuvlar koʻpchilikda katta qiziqish uygʻotdi.

Stol tennisida, kutilganidek, gʻoliblikka daʼvogarlar koʻpchilik boʻldi. Kuchli uchlikdan oʻrin egallash esa aynan kuchlilarga nasib qildi. Ayniqsa, erkaklar oʻrtasida yangi chempionlar oʻz nomini universitet tarixiga kiritishga muyassar boʻldilar.

Stol tennisi (erkaklar):
1-oʻrin: Erkin Rahmonov (Energetika muhandisligi fakulteti, katta oʻqituvchi).
2-oʻrin: Alisher Gʻaniyev (Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakulteti, dekan oʻrinbosari).
3-oʻrin: Yusuf Azimov (Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti, dotsent).

Stol tennisi (ayollar):
1-oʻrin: Shohsanam Tohirova (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti, oʻqituvchi).
2-oʻrin: Nigora Hamdamova (universitet sport majmuasi xodimasi).
3-oʻrin: Gulzoda Quvvatova (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti, oʻqituvchi).

Voleybol finali haqiqiy bahslardan biri boʻldi. Birinchi boʻlimda magʻlub boʻlgan Energetika muhandisligi fakulteti jamoasi ketma-ket ikki boʻlimda gʻalaba qozonib, rektor kubogi sohibiga aylandi.
1-oʻrin: Energetika muhandisligi fakulteti.
2-oʻrin: Transport va qurilish muhandisligi fakulteti.
3-oʻrin: Irrigatsiya muhandisligi fakulteti.
Gʻolib va sovrindorlar diplom hamda universitet xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qoʻmitasining sovgʻalari bilan taqdirlandilar.