Talabalar turar joylari
Universitet talabalar turar joyi faoliyatiga oid asosiy hujjat “Talabalar turar joyi” to‘g‘risidagi NIZOM hisoblanadi. Ushbu hujjat Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005-yil 18-maydagi 107-sonli “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida milliy istiqlol g‘oyasini talabalar ongiga singdirishda ta’lim jarayoni, ma’naviy – ma’rifiy faoliyat va ta’limdan tashqari ishlarni yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2006-yil 17 yanvardagi 11 – sonli “Talaba(o‘quvchi)lar turar joyi faoliyatiga oid yangi tahrirdagi meyoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan.
Talabalar turar joyi universitet ichki tartib qoidalari nizomi, “Talabalar turar joyi” to‘g‘risidagi nizom, TTJ “Talabalar kengashi” ish rejasi asosida faoliyat yuritadi. Hujjatlarning barchasi universitet rahbariyati tomonidan tasdiqlangan va Talabalar turar joyida mavjud. Universitetda bugungi kunda jami 9 ta talabalar turar joyi binosi mavjud bo‘lib, Shundan davlat yotoqxonalari soni 6 ta, ushbu turar joylarga 1222 nafar talabalarni, undan tashqari davlat xususiy sherikchiligi asosida ham 3 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, bu turar joylarga 1120 nafar talabalarni joylashtirish imkoniyati mavjud. Universitet Talabalar turar joyi 2342 o‘ringa mo‘ljallangan 9 ta binodan iborat bo‘lib, hozirda 2213 nafar talaba istiqomat qiladi. TTJda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.
Barcha xonalar qattiq va yumshoq krovat, mebel, xona jihozlari (ko‘rpa-to‘shak, jildlar) bilan ta’minlangan. Bino xududida obodonlashtirish ishlari muntazam ravishda amalga oshiriladi. Jumladan dekorativ daraxtlar, bir yillik va ko‘p yillik gul ko‘chatlari ekilgan, daraxt va yo‘laklar oqlangan. Barcha jihozlar soz holatda, sanitariya xolati yaxshi, yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilinmoqda. O‘quv zali, ma’naviyat va ma’rifat xonasi tibbiyot hamda tarbiyachilar xonalari “Talabalar turar joyi” ning birinchi qavatida joylashgan. Oshxona, hojatxona, yuvinish xonasi, dush har bir qavatning o‘ng va chap taraflarida joylashgan. Har bir qavatda zamonaviy televizorlar bor. “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasi jihozlangan. Talabalar turar joyiga oid barcha buyruq va tadbirlar rejalari, shuningdek, talabalar turar joyi hayotiga doir yangiliklar shu yerda mavjud meyoriy hujjatlar va e’lonlar oynasiga joylab boriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi “Oliy taʼlim muassasalari talabalarini turar joy bilan taʼminlash tizimini takomilashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 376-sonli qaroriga muvofiq Talabalarni turar joy bilan taʼminlashning shaffof va samarali tizimini joriy etish tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Mazkur qaror ilovasida Davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning MAʼMURIY REGLAMENTI ishlab chiqilgan boʻlib, unga muvofiq oliy taʼlim tashkiloti talabalarini turar joy bilan taʼminlashning mexanizmlari aloxida koʻrsatilgan, reglamentga muvofiq turar joyiga talabalarni joylashishi faqat davlat xizmatlari orqali olingan yoʻllanma va universitet rektori nomiga yozilgan ariza asosida qabul qilinadi.
TTJlarda talabalar o‘z-o‘zini boshqaruvini tashkil etish maqsadida faol va jamoatchi talabalardan iborat “Talabalar Kengashi” faoliyat ko‘rsatmoqda. Ikki haftada bir marotaba Kengash a’zolarining yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yig‘ilishlarda talabalar turar joyidagi shart-sharoitlar, talabalarning ichki tartib-intizomga rioya etishi, talabalar turar joyidagi talabalar navbatchiligi, shu erda o‘tkaziladigan turli bayramlarga tayyorgarlik kabi masalalar muhokama qilinadi. Shu bilan birga, har bir qavatda “Qavat sardorlari” mavjud. Universitet talabalar turar joyida tarbiyaviy ishlarga TTJ tarbiyachi-pedagogi, fakultet dekanlari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar va tyutorlar jalb etilgan.
Barcha Talabalar turar joylariga universitet kafedralaridan professor-o‘qituvchilarning kunlik to‘ngi vaqtlarga navbatchilik grafiklari tashkil etilgan, ular tomonidan muntazam ravishda talabalar bilan tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi. Universitet rahbariyati, talabalar turar joyi ma’muriyati hamda universitet kafedralari talabalarning istak va hoxishlaridan kelib chiqib turli ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etadi. Universitet talabalar turar joyida yashovchi talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ular orasida sog‘lom turmush tarzini tashkil etish maqsadida talabalar turar joyi sport zalida turli sport to‘garaklari faoliyat yuritadi. Shuningdek, universitet talabalar turar joyida talabalar istak va takliflaridan kelib chiqqan holda til to‘garagi, kompyuter savodxonligi, pazandachilik, badiiy havaskorlik kabi to‘garaklar tashkil etilmoqda.
![]() |
![]() |
|
|
|
|
|
![]() |
![]() |
![]() |








