Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt fakulteti
Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt fakulteti
|
|
|
Dekan
| F.I.O: Norkobilov Salim Abduxamidovich |
| Telefon: +998 90 729 61 81 |
Email: norkobilovs789@gmail.com |
|
|
|
|
Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari
| F.I.O: Zohidov Jamshid Botirxonovich |
| Telefon: +998 91 257 77 57 |
Email: jamshidxon7757@gmail.com |
|
|
|
|
O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
| F.I.O: G'aniyev Alisher Islomovich |
| Telefon: +998 90 808 57 62 |
Email: amrullo@gmail.com |
|
|
|
|
O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
| F.I.O: Saidov Jurabek Nosirxonovich |
| Telefon: +998 90 320 18 33 |
Email: jorabeksaidov@gmail.com |
|
|
Fakultet haqida umumiy ma'lumot
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi PQ 92-sonli "Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi qaroriga muvofiq Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali tashkil etilgan. Qisqa vaqt ichida axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan yetakchi oliy o'quv yurtlaridan biriga aylandi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filialida 2 ta fakultet va 5 ta kafedra ish faoliyatini olib borgan. Jumladan, "Kompyuter injiniringi" fakultetida 3 ta — "Kompyuter tizimlari", "Logistikada axborot texnologiyalari", "Axborot texnologiyalarining dasturiy ta'minoti" kafedralari, "Telekommunikasiya texnologiyalari" fakultetida 2 ta — "Axborot ta'lim texnologiyalari va gumanitar fanlar", "Optik aloqa tizimlari va tarmoq xavfsizligi" kafedralari faoliyat ko'rsatib o'z ish faoliyatini olib borgan.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida 2023-yilda Davlat-xususiy sherikchilik asosida zamonaviy va qulay sharoitlarga ega 540 o'rinli Talabalar turar joyi binosi qurib foydalanishga topshirilgan. TTJda talabalar uchun dam olish, ovqatlanish, internetdan foydalanish, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazish uchun sharoitlar mavjud. Shu bilan birgalikda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar muntazam ravishda olib boriladi.
Qayta tashkil etilishi:
Prezidentimizning 2024-yil 10-dekabrdagi PQ-428 sonli qarorlariga asosan Qashqadaryo viloyatidagi 4 ta oliy ta'lim muassasalari negizida yangi Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etildi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali "Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt" fakultetiga o'zgartirildi.
Fakultet tarkibidagi kafedralar
- "Kompyuter tizimlarining dasturiy va texnik ta'minoti" kafedrasi
- "Optik aloqa tizimlari va tarmoq" kafedrasi
- "Axborot tizimlari va texnologiyalari" kafedrasi
Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari
| 60610500 Kompyuter injiniringi |
60611000 Telekommunikatsiya texnologiyalari |
| 60610100 Axborot tizimlari va texnologiyalari |
60610300 Axborot xavfsizligi |
| 60610400 Dasturiy injiniring |
60610800 Pochta aloqasi |
| 60611300 Axborot komunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta'limi |
Magistratura mutaxassisliklari
- 70611703 — Sun'iy yo'ldoshli aloqa tizimlari
- 70610501 — Kompyuter injiniringi ("Kompyuter tizimlarini loyihalash")
- 70611001 — Telekommunikatsiya injiniringi (Axborot uzatish tizimlari, Telekommunikatsiya tarmoqlar, Teleradioeshittirish)
2976
Talabalar (2025 yil holati)
|
|
85
Professor-o'qituvchilar (2024-2025)
|
|
540
O'rinli talabalar turar joyi
|
|
Talabalar tarkibi (jins bo'yicha):
| • O'g'il talabalar — 2294 nafar |
• Qiz talabalar — 682 nafar |
|