Bugun Transport va qurilish muhandisligi fakultetida “Karyera kuni” va boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-61-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Mehnat yarmarkasida respublika va viloyat miqyosidagi qator vazirliklar, boshqarmalar hamda yirik korxona va tashkilotlar faol ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchi tashkilotlar tomonidan mavjud vakant ish oʻrinlari taqdim etildi, korxonalar faoliyatini aks ettiruvchi stendlar, koʻrgazmali materiallar va taqdimotlar namoyish qilindi. Shuningdek, mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari tashkil qilinib, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Mazkur yarmarka yosh mutaxassislarning bandligini taʼminlash, ularni mehnat bozoriga yoʻnaltirish hamda ish beruvchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyishda muhim ahamiyat kasb etdi. 20 nafardan ortiq bitiruvchi kurs talabalari ish oʻrinlariga ega boʻldilar.