Avval xabar berganimizdek, bugundan, ya’ni 8-oktyabrdan QarDTUda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi musobaqalarning universitet bosqichiga start berildi.

Dastlabki bellashuvlar shaxmat hamda shashka boʻyicha yigit va qizlar oʻrtasida oʻtkazildi. Musobaqa nizomida ishtirokchilar soni chegaralanmaganligi sababli, turnirda juda koʻp talabalar qatnashdi.

Shunday boʻlsa-da, shaxmat bahslarida moʻjiza yuz bermadi. Kuchlilar yana bir bor oʻz soʻzini aytdi.

Gʻolib va sovrindorlar bilan tanishing.
Shaxmat (yigitlar):
1-oʻrin: Javohir Shodiyev (Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakulteti).
2-oʻrin: Jahongir Rajabov (Energetika muhandisligi fakulteti).
3-oʻrin: Farhod Xayrullayev (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).

Shaxmat (qizlar):
1-oʻrin: Feruza Qurbonova (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).
2-oʻrin: Muhayyo Ulasheva (Irrigatsiya muhandisligi fakulteti fakulteti).
3-oʻrin: Farangiz Musulmonova (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).

Shashka (yigitlar):
1-oʻrin: Suhrob Yarashov (Energetika muhandisligi fakulteti).
2-oʻrin: Eshquvvat Boymirzayev (Energetika muhandisligi fakulteti).
3-oʻrin: Diyorbek Samadov (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).

Shashka (qizlar):
1-oʻrin: Marjona Samadova (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti).
2-oʻrin: Asila Jovliyeva (Transport va qurilish muhandisligi fakulteti).
3-oʻrin: Zuhra Yorova (Irrigatsiya muhandisligi fakulteti).
Gʻolib va sovrindor talabalarimizni samimiy muborakbod etamiz!