“Asardan iqtibos” tanlovining aprel oyi gʻoliblari aniqlandi!
Tanlovda juda koʻp talabalar ishtirok etdilar. Nizom talablarini bajargan ishtirokchilarning iqtiboslari Telegram ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qilindi.
Eng koʻp munosabat olgan ishtirokchi – Sevinch Jabborova. Uning Oʻtkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor” asaridan keltirilgan iqtiboslari belgilangan muddatda 84 mingdan ortiq “layk” toʻpladi. Bu boradagi ikkinchi yuqori koʻrsatkich Sanjar Ashirovga tegishli – 31 mingdan oshiq “layk”.
Xullas, tanlov natijalariga koʻra, 3 nafar talaba gʻolib boʻldi va yana 3 nafari faol ishtirokchi, deya eʼtirof etildi.
Gʻoliblar bilan tanishing:
1-oʻrin: Nilufar Abdunabiyeva (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti) – 198 ball.
2-oʻrin: Adham Muhiddinov (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti) – 185 ball.
3-oʻrin: Sanjar Ashirov (Transport va qurilish muhandisligi fakulteti) – 179 ball.
Shuningdek, eng faol ishtirokchilar:
— Sevinch Jabborova (Transport va qurilish muhandisligi fakulteti) – 178 ball.
— Asilbek Akromov (Transport va qurilish muhandisligi fakulteti) – 169 ball.
— Mohira Nazarova (“Kimyo muhandisligi va biotexnologiya” kafedrasi magistranti) – 166 ball.
Nizomga muvofiq, gʻoliblar quyidagi tartibda ragʻbatlantiriladi:
1-oʻrin: bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari miqdorida (daromad soligʻi bilan birga hisoblaganda).
2-oʻrin: bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdorida (daromad soligʻi bilan birga hisoblaganda).
3-oʻrin: bazaviy stipendiya miqdorining 1 baravari miqdorida (daromad soligʻi bilan birga hisoblaganda).
Gʻolib va sovrindorlarni hamda faol ishtirokchilarni ushbu muvaffaqiyatlari bilan samimiy muborakbod etamiz!
Tanlovimiz davom etadi!