HAMKORLIK, NAZORAT VA SAMARA

HAMKORLIK, NAZORAT VA SAMARA

HAMKORLIK, NAZORAT VA SAMARA

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Qarshi davlat texnika universitetida hamkorlik koʻlami kengaymoqda.

    Image

    Oliygoh va energetika korxonalari oʻrtasidagi integratsiyani yanada kuchaytirish, taʼlim jarayonini bevosita ishlab chiqarish bilan uygʻunlashtirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Shu maqsadda viloyatdagi 12 ta yirik ishlab chiqarish va sanoat korxonalari bilan dual taʼlim tizimi yoʻlga qoʻyilmoqda.

    Image

    Natijada 2026/2027-oʻquv yilida yoqilgʻi-energetika sohasidagi 3-bosqich talabalaridan 242 nafari (50 foizi), 4-bosqich talabalarining esa 374 nafari (100 foizi) ishlab chiqarish va sanoat korxonalarida dual taʼlim (4+2) dasturi asosida oʻquv jarayonida ishtirok etadi.

    Image

    Hamkorlikning yana bir muhim jihati shundaki, yirik korxonalardagi texnik muammolarni bartaraf etishda universitet olimlari tomonidan ilmiy yechimlar ishlab chiqilmoqda. Mahallalarda energiya tejamkorlik boʻyicha nazorat ishlarini amalga oshirishda talabalar asosiy koʻmakchi boʻlmoqdalar.

    Image