"Ilm yulduzlari" tanlovida professor-oʻqituvchilarimiz eʼtirof etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Jamoat xavfsizligi universitetida boʻlib oʻtgan tanlov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda "Olima" uyushmasi tomonidan yuksak saviyada tashkil etildi.

Unda Qoraqalpogʻiston, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan jami 15 nafar ishtirokchi 3 nominatsiya boʻyicha bellashdi.
Universitet tayanch doktoranti Sitora Hodiyeva "Ilm yulduzlari" respublika tanlovida 2-oʻringa sazovor boʻldi.

Shuningdek, viloyat “Olima” uyushmasi raisi, “Ijtimoiy va gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri Yulduz Ergasheva mazkur tanlovni tashkil etishdagi faolligi uchun “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi.

Olimalarimizni yuksak eʼtirofga sazovor boʻlganlari bilan tabriklaymiz!