KASABA UYUSHMALARI - XALQCHIL TASHKILOT

KASABA UYUSHMALARI - XALQCHIL TASHKILOT

KASABA UYUSHMALARI - XALQCHIL TASHKILOT

    Assalomu alaykum hurmatli jamoa, muhtaram kasaba uyushmasi aʼzolari!

    11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni barchamizga muborak boʻlsin!

    Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan keyingi yillarda kasaba uyushmalari faoliyatiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Natijada kasaba uyushmasi toʻy va hashamlarga sovgʻa olib boradigan, noxush kunllarda xodim yonida hol soʻrab turadigan tashkilotdan ish beruvchilar bilan teng muzokara olib boradigan, xodimlarning iqtisodiy-ijtimoiy, huquqiy manfaatlarini himoyalaydigan tashkilotga aylandi.

    Farzandning yelkasida otaning qoʻli tursa, u oʻzini hech kimdan kam koʻrmaydi, bu ishonch uni yuksaklarga koʻtaradi. Zero, bugun Yurtboshimizning qoʻllari millionlab xodimlarning, kasb egalarining manfaatlarini himoya qiladigan kasaba uyushmalari yelkasida turgan ekan, biz bundan mamnunmiz. Bu ishonchga javoban xodimlarning haq-huquqlarini himoyalash yoʻlida bor kuchimizni sarflaymiz.

    Universitet xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qoʻmitasi ham bugungi kunda salkam 25 ming aʼzoga ega boʻlgan, viloyatimizdagi eng yirik nodavlat-notijorat tashkilotlardan biridir. Ertalab ishga, ish tugashi bilan uyiga oshiqayotgan baxtli xodimlardan tashkil topgan universitetimiz jamoasi, oʻylaymanki, koʻp ishlarga qodir.

    Bayramingiz muborak boʻlsin, azizlar!

Fayziddin Tilovatov,

universitet xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi