O‘QISHGA MARHAMAT!

O‘QISHGA MARHAMAT!

O‘QISHGA MARHAMAT!

    O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti

 

    Idoraviy mansubligi: O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

 

    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti (keyingi o‘rinlarda - Institut) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida ofitser kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4122-son qaroriga asosan tashkil etilgan.

    O‘qish muddati: 2 yil.

    Qizlar qabul qilinmaydi!

    Kimlar nomzod bo'la oladi:

    * Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yoki uning hududlar bo‘yicha filiallarining 2 va 3-kurs bitiruvchi talabalari;

    * Axborot texnologiyalari yoki aloqa-kommunikatsiyalari yo‘nalishlari 2 va 3-kurs bitiruvchi talabalari;

    * Muhandislik-texnika oliy ta’lim muassasalari 2 va 3-kurs bitiruvchi talabalari.

    Mutaxassisliklari:

  1. Aloqa qo‘shinlari;

    2️. Axborotlarni kriptografik himoyalash va maxfiylik rejimi;

    3️. Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt;

    4️. Radioelektron razvedka va kurash;

    5️. Havo hujumidan mudofaa radiotexnika qo‘shinlari;

    6️. Havo hujumidan mudofaa zenit-raketa qo‘shinlari;

    7️. Kiberxavfsizlik;

    8️. Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari uchun kadrlar tayyorlash (intellektual tizimlar).

    Institutga nomzod bo‘lish istagidagi talabalar tegishincha o‘zlari tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda - oliy ta’lim muassasalari) rektorlari nomiga ariza bilan murojaat qiladilar.

    Arizalar oliy ta’lim muassasalari tomonidan ular joylashgan hududdagi tegishli mudofaa ishlari bo‘limlariga ikki kun muddatda yuboriladi.

    Test sinovlari uchun fanlar majmuasi:

    - dasturlash – 20 ta test topshirig‘i, har bir to‘g‘ri javob uchun 1 balldan (jami 20 ball);

    - tarix – 20 ta test topshirig‘i, har bir to‘g‘ri javob uchun 1 balldan (jami 20 ball);

    - matematika – 20 ta test topshirig‘i, har bir to‘g‘ri javob uchun 1 balldan (jami 20 ball);

    - fizika – 20 ta test topshirig‘i, har bir to‘g‘ri javob uchun 1 balldan (jami 20 ball);

    - ingliz tili – 20 ta test topshirig‘i, har bir to‘g‘ri javob uchun 1 balldan (jami 20 ball).

    Maksimal ball: 100 ball.

    Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 100 ta savolga 3 soat 20 daqiqa vaqt beriladi.

    Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash metodikasi.

    O‘qish yakunlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan, mazkur institutda o‘qishni davom ettirish hamda kelgusida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash istagini bildirgan, shuningdek, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan talabalar orasidan tanlab olinadi.

    Nomzodlarni saralab olish va o‘qishga qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 775-son qaroriga muvofiq olib boriladi.

    Institut manzili: Toshkent viloyati Zangiota tumani Quyoshli MFY 167-harbiy shaharcha.

    Qashqadaryo viloyati nomzodlari uchun: @aktahi_qarshi (“Обсуждения”ga kirib savol berishingiz mumkin).

    Eslatma: oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari 2026-yil 1-fevraldan boshlanadi.