Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali 2025-yil 19 may kuni rektor v.b A.O.Murtazayev tomonidan imzolangan shartnomalarning huquqiy statusiga izoh soʻralgan.
Mazkur xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
4714197.1.1-sonli (148 200 000 soʻmlik) va 4714172.1.1-sonli (108 300 000 soʻmlik) elektron shartnomalarda buyurtmachi tashkilot nomidan ish yurituvchi rahbar sifatida A.O.Murtazayev koʻrsatilganiga sabab ushbu shartnomalar predmetida qayd etilgan tovarlar uchun elektron talabnoma buyurtmachi tomonidan 2025-yil 19-mayda kiritilgan.
Sh.Q.Nematov Qarshi davlat texnika universitetiga rektor lavozimiga 2025-yil 19-mayda tayinlangan. Tovarlar xaridi boʻyicha talabnoma kiritilgan davrda universitetda A.O.Murtazayev (rektor vazifasini bajaruvchi) uchun ochilgan elektron imzo kaliti amalda boʻlgan.
Shu nuqtai nazardan, mazkur shartnoma oʻz kuchida qoladi va xaridlar uchun toʻlovlar toʻliq amalga oshiriladi.