SENATOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

SENATOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

SENATOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Bugun Neft-gaz va geologiya fakulteti faollar zalida “Senator va yoshlar uchrashuvi” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi. Unda “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” MChJ rahbari, Senat aʼzosi Shuhrat Aslanov talabalar bilan yuzma-yuz muloqot olib bordi.

Uchrashuvda universitet rektori Sherzod Neʼmatov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Gʻulom Uzoqov, boʻlim boshliqlari, dekanlar, professor-oʻqituvchilar hamda “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” MCHJ masʼullari ishtirok etdilar.

Muloqot davomida Oʻzbekiston Respublikasi Senati faoliyati, qonunlarni qabul qilish jarayoni, bosqichlari, yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari, bandlik masalalari haqida soʻz bordi.

Shuningdek, korxona va universitet hamkorligi istiqbollari, ilgʻor muhandislik maktabi imkoniyatlari, xorijiy tillarni bilishning ahamiyati toʻgʻrisida gapirildi. Amaliyot va stipendiya tanlovlarining muhim jihatlari eʼtirof etildi.

 

Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollariga javob oldilar.

Tadbir yakunida “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” MChJning stipendiya tanlovi gʻoliblariga sertifikat va sovgʻalar topshirildi. Faol ishtirokchilar ham taqdirlandi.

“Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” MChJ universitetning eng yaxshi hamkor tashkiloti ekani alohida eʼtirof etildi.